Mihara
Mihara (yaponcha: 三原市 Mihara-shi ) – Yaponiyaning Hiroshima Prefekturasida joylashgan shahar[1].
Mihara 三原市 | |
---|---|
Shahar | |
Mamlakat | Yaponiya |
viloyat | Chūgoku |
Prefektura | Hiroshima |
Hukumat | |
• Mer | Yoshihiro Okada (2020-yil Avgust) |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 471.55 km2 (182.07 kv mi) |
Aholisi (2023-yil 30-Aprel) |
88,591 kishi |
Geografiyasi
tahrirMihara Hirosima prefekturasining janubiy markazida joylashgan. Janubda Seto ichki dengiziga qaragan va qirgʻoq chizigʻidagi Setonaikai milliy bogʻini bir qismini tashkil qiladi. „Mihara“ nomining kelib chiqishi Yubara, Komagahara va Konishixara daryolarining nomlaridan kelib chiqqan[2]. Numata daryosi, ikkinchi darajali daryo boʻlib, Xigashixirosima shahrining Kamo platosidan boshlanib, shahar markazidan oqib oʻtadi. Markaziy shahar hududining koʻp qismi qayta tiklangan yerlar boʻlib, tik togʻlar qirgʻoq chizigʻiga yaqin joylashgan, shimoliy qismi esa Kibi platosining janubiy tomonidan 400 metr yoki undan koʻproq balandlikdagi baland togʻli hudud, gʻarbiy qismi asosan tepaliklardan iborat[3].
Qoʻshni munitsipalitetlari
tahrir- Onomichi
- Takexara
- Xigashihiroshima
- Sera
Iqlimi
tahrirMihara nam subtropik iqlimga ega. (Köppen iqlim tasnifi) Qishi oʻrtacha sovuq va nam, yozi issiq boʻladi. Miharada oʻrtacha yillik harorat 14.2 °C (57.6 °F). Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,374.6 mm (54.12 in), eng nam oy iyul hisoblanadi[4]. Avgustda eng yuqori harorat 25.9 °C (78.6 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan 2.9 °C (37.2 °F) ni tashkil qiladi.
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Mihara aholisi 90,573 kishini tashkil qildi. Mihara 1960-yildan buyon aholini roʻyxatga olish ishlarini olib boradi.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 111 480 | — |
1955 | 112 720 | +1.1% |
1960 | 109 641 | −2.7% |
1965 | 108 059 | −1.4% |
1970 | 106 376 | −1.6% |
1975 | 107 602 | +1.2% |
1980 | 109 236 | +1.5% |
1985 | 111 108 | +1.7% |
1990 | 110 524 | −0.5% |
1995 | 108 617 | −1.7% |
2000 | 106 229 | −2.2% |
2005 | 104 196 | −1.9% |
2010 | 100 449 | −3.6% |
2015 | 96 194 | −4.2% |
2020 | 90 573 | −5.8% |
Tarixi
tahrirMihara hududi qadimgi Aki provinsiyasining bir qismi boʻlib, tarixdan oldingi davrlardan beri aholi yashaydigan joy hisoblanadi. Hududda Kofun davriga oid koʻplab mozorlar mavjud. Sengoku davrida Mihara 1582-yildan buyon Kobayakawa Takakage qal’asi boʻlgan Mihara qal'asi atrofida jokamachi sifatida rivojlangan. Mihara 1936-yil 15-noyabrda Itozaki shahri va bir qancha qoʻshni qishloqlar bilan birlashib, Mihara shahrini tashkil qilgan
Hukumati
tahrirMihara toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 25 ta aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Mihara, Sera shahri bilan birgalikda Xirosima prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzo qoʻshgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Mihara city official statistics“ (ja).
- ↑ „続日本100名城“ (ja). 日本城郭協会. 2024-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-iyul.
- ↑ „Shindo Kaneto Kantoku "Hadaka no Shima" Sankotsu e“. Nikkan Sports.
- ↑ „A tourist guide to Sagishima“ (Japanese). 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
tahrir- Mihara City official website (yaponcha)