Mikalenta qogʻoz
Mikalenta qogʻoz (mikalent + qogʻoz) — uzun shtapelli paxta qogʻozi[1], u maxsus mustahkamlikka ega (ayniqsa, uzunlik yoʻnalishida yirtish uchun)[2].
Foydalanish
tahrirMikalenta qogʻoz — sellyulozadan emas, balki uzun shtapelli paxtadan tayyorlangan elektr izolyatsion qogʻozning[3] kamyob navlaridan biri hisoblanadi. Mikalenta qogʻozi oʻz nomiga monand yopishtirilgan slyuda izolyatsiyasini tayyorlash uchun ishlatiladi. Mikalenta, oʻz navbatida, elektr motorlarini oʻrash uchun ishlatiladi[2][4][5].
Bir tekis va qattiq oʻrashga erishish uchun mikalentasi moslashuvchan boʻlishi va yuqori mexanik kuchga ega boʻlishi kerak, shundagina u qismlarni buzmasdan izolyatsiyalashda qoʻllaniladigan kuchlanishga bardosh bera oladi. Bu natijaga mikalenta qogʻoz yordamida erishiladi[6].
Bundan tashqari mikalenta qogʻozi suratlar[1] va kutubxona fondlari[7][8] restavratsiyasida, sanʼat asarlarini tashishda, qimmatli hujjatlar va foliolarni arxivlash va saqlashda[7], arxeologik qazishmalar paytida, shuningdek, samolyotlarni modellashtirishda va bosilgan elektron platalarni ishlab chiqarishda ishlatilinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Ivanova B. Yu., Posternak O. P. Texnika restavratsii stankovoy maslyanoy jivopisi. M.: Indrik. — 2005. — 133 s.
- ↑ 2,0 2,1 N. G. Drozdov Yelektromaterialovedenie. M.: Gos. energetixeskoe izd-vo, 1954
- ↑ Bogoroditskiy N. P., Pasinkov V. V. i dr. Elektrotexnicheskie materiali. Uchebnik dlya vuzov. — 7-e izd., pererab. i dop. — L.: Energoatomizdat, 1985. — 304 s.: il.
- ↑ Flyate D. M. Texnologiya bumagi. Uchebnik dlya vuzov. M.: Lesn. prom-st, 1988—440 s. ISBN 5—7120—0062—8
- ↑ Poltev V. K. Spravochnoe rukovodstvo elektrika metallurgicheskogo zavoda M.: 1955
- ↑ Proizvodstvo, svoystva i primenenie elektroizolyatsionnix sellyuloznix bumag i kartonov / K. V. Breytveyt …[ i dr.]; pod redaksiey Yu. V. Koritskogo. M. — L. : Energoizdat, 1963. 320 s.
- ↑ 7,0 7,1 Gigiena i restavratsiya bibliotechnix fondov — Metodicheskoe posobie. M.: Nauka. 1964
- ↑ Novie metodi restavratsii i konservatsii dokumentov i knig : Sbornik rabot za 1958 god / Akad. nauk SSSR. Laboratoriya konservatsii i restavratsii dokumentov; [Otv. red. d-r texn. nauk N. Ya. Solechnik]. — Moskva ; Leningrad : [Izd-vo Akad. nauk SSSR. Leningr. otd-nie], 1960. — 174 s.