Mikayil Mushfiq haykali
Mikayil Mushfiq haykali (ozarbayjoncha: Mikayıl Müşfiqin heykəli) — Ozarbayjon shoiri Mikayil Mushfiqqa bagʻishlangan yodgorlik, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrining markaziy xiyobonlaridan birida oʻrnatilgan[1].
Tarixi
tahrirYodgorlik 1968-yilda Quruvchilar xiyobonida oʻrnatilgan[2]. Yodgorlikning ochilishi 1970-yil 9-iyunda boʻlib oʻtdi. Haykalning ochilish marosimida Ozarbayjon xalq shoirlari Rasul Rzo, Sulaymon Rustam, xalq yozuvchisi Mirza Ibrohimovlar ishtirok etdi. Yodgorlikning haykaltaroshi Munavvar Rzayeva, meʼmori esa Shafigʻa Rzayeva.
2017-yil fevral oyida Narimon Narimanov shoh xiyobonini rekonstruksiya qilish doirasida yodgorlik demontaj qilingan boʻlsa-da, koʻp oʻtmay, Prezident farmoni bilan u oʻz joyiga qaytarildi[3][4]. 2017-yil iyun oyida yodgorlik qayta tiklandi va yodgorlik yonidagi maydonga yangi oʻrindiqlar oʻrnatildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi[5].
Tavsif
tahrirByustning balandligi 1,5 metr, butun yodgorlikning balandligi esa 3,2 metrni tashkil qiladi. Poydevorga shoirning ismi va familiyasi lotin grafikasi asosida zarhal harflar bilan yozilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Бакинская городская скульптура: Памятник Микаилу Мушфигу и его история – ФОТО“ (ru). Новая Эпоха. Qaraldi: 2019-yil 19-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Памятник Микаилу Мушфигу“. www.window2baku.com. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Памятник Микаилу Мушфигу вернули на место“.
- ↑ 1news. „Памятник Микаилу Мушфигу будет восстановлен в кратчайшие сроки - ФОТО“. 1news.az. 2019-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Ко дню рождения Микаила Мушфига в Баку открыт восстановленный памятник поэту - ФОТО“ (en). 1news.az. 2019-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.