Mike Yeo
Mike Yeo (talaffuzi: Maykl Yeo) (1973-yil 31-iyulda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi va murabbiy. Mike Yeo hozirda "Vancouver Canucks" jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlamoqda. Mike Yeo Milliy xokkey ligasining (NHL) „Minnesota Wild“ va „St. Louis Blues“ xokkey jamoalarining sobiq bosh murabbiyi edi[1]. Mike Yeo, shuningdek, „Philadelphia Flyers“ va „Pittsburgh Penguins“ klublarida yordamchi murabbiy va Amerika xokkey ligasining „Houston Aeros“ klubi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan[2].
Mike Yeo | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
31-iyul 1973-yil Scarborough, Ontario, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 1 in (185 cm) | ||
Ogʻirligi | 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Houston Aeros WBS Penguins | ||
Murabbiylik qilgan jamoalari |
Houston Aeros Minnesota Wild St. Louis Blues Philadelphia Flyers | ||
Jamoalardagi faoliyat | 1994—2000 | ||
Murabbiylik faoliyati | 2000—hozirgacha |
Faoliyati
tahrirMike Yeo „Houston Aeros“ xokkey klubi bilan Xalqaro xokkey ligasida (IHL) besh mavsumni oʻtkazdi. 1998—1999-yillarda Mike Yeo jamoaga Turner kubogi chempionatida sardorlik qildi.
2010 yil 16-iyunda Mike Yeo Amerika xokkey ligasining (AHL) „Houston Aeros“ xokkey klubi safiga bosh murabbiy sifatida qoʻshildi. Mike Yeo ishga olinishidan oldingi mavsumda „Houston Aeros“ klubi Gʻarbiy divizionda past natijalar bilan oxirgi oʻrinda borayotgan edi. Biroq, Mike Yeo kelganidan soʻng, u klub safiga Robbie Earl, Patrick O'Sullivan va Jed Ortmeyer kabi bir nechta hujumkor oʻyinchilarni qoʻshdi. Yeo qoʻl ostida, qayta tiklangan roʻyxat sezilarli darajada yaxshilandi. Mike Yeo klub bilan birga birinchi yilida AHL Calder kubogi finaliga chiqdi[3].
2016-yil 13-iyunda Mike Yeo „St. Louis Blues“ xokkey klubi murabbiyi sifatida ish boshladi. Mike Yeo 2016—2017-yilgi mavsumda yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan va 2017—2018-yilgi mavsumda bosh murabbiy lavozimini egallashi kerak edi[4].
2018-yil 19-noyabrda Mike Yeo „St. Louis Blues“ xokkey klubini tark etdi[5].
2019-yil 6-may kuni "Philadelphia Flyers" klubi Yeo Alain Vigneault qo‘l ostida yordamchi murabbiy lavozimini egallashini eʼlon qildi[6]. 2021-yil 6-dekabrda Vigneault ishdan bo‘shatilgach, Mike Yeo „Flyers“ klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi[7][8]. Keyin Mike Yeo „Philadelphia Flyers“ klubi tomonidan 2022-yilning 3-mayida, 2021—2022-yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng, ishdan bo‘shatildi[9].
2022-yil 1-iyulda Yeo Bruce Boudreau qo‘l ostida „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida ishga qabul qilindi.
Shaxsiy hayoti
tahrirYeo va uning rafiqasi Tanyaning Braeden ismli qizi va Kyler ismli o‘g‘li bor[10]. Mike Yeo Widdifield oʻrta maktabida oʻqigan[11].
Oʻyinchining faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
1990—1991 | Sudbury Wolves | OHL | 58 | 7 | 2 | 9 | 73 | 4 | 0 | 0 | 0 | 5 | ||
1991—1992 | Sudbury Wolves | OHL | 43 | 5 | 8 | 13 | 60 | 11 | 2 | 1 | 3 | 2 | ||
1992—1993 | Sudbury Wolves | OHL | 24 | 8 | 5 | 13 | 47 | 3 | 0 | 0 | 0 | 5 | ||
1993—1994 | Sudbury Wolves | OHL | 65 | 34 | 32 | 66 | 53 | 10 | 8 | 4 | 12 | 4 | ||
1994—1995 | Houston Aeros | IHL | 63 | 5 | 12 | 17 | 100 | |||||||
1995—1996 | Houston Aeros | IHL | 69 | 14 | 16 | 30 | 113 | |||||||
1996—1997 | Houston Aeros | IHL | 56 | 10 | 11 | 21 | 105 | 13 | 2 | 3 | 5 | 2 | ||
1997—1998 | Houston Aeros | IHL | 72 | 20 | 21 | 41 | 128 | 3 | 0 | 1 | 1 | 2 | ||
1998—1999 | Houston Aeros | IHL | 57 | 6 | 12 | 18 | 100 | 9 | 0 | 4 | 4 | 11 | ||
1999—2000 | Wilkes-Barre/Scranton Penguins | AHL | 19 | 1 | 3 | 4 | 4 | |||||||
OHL jami | 190 | 54 | 47 | 101 | 233 | 28 | 10 | 5 | 15 | 16 | ||||
IHL jami | 317 | 55 | 72 | 127 | 511 | 25 | 2 | 8 | 10 | 15 | ||||
AHL jami | 19 | 1 | 3 | 4 | 4 | - | - | - | - | - |
NHL murabbiylik natijalari
tahrirYil | Muntazam mavsum | Mavsumdan keyin | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Ochko | Penalti | Natija | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Natija | |
2011—2012 | 82 | 35 | 36 | 11 | 81 | 4-oʻrin | — | — | Ishtirok etmadi |
2012—2013† | 48 | 26 | 19 | 3 | 55 | 2-oʻrin | 1 | 4 | 1-uchrashuvda magʻlub boʻldi |
2013—2014 | 82 | 43 | 27 | 12 | 98 | 4-oʻrin | 6 | 7 | 2-uchrashuvda magʻlub boʻldi |
2014—2015 | 82 | 46 | 28 | 8 | 100 | 4-oʻrin | 4 | 6 | 2-uchrashuvda magʻlub boʻldi |
2015—2016 | 55 | 23 | 22 | 10 | (56) | (ishdan boʻshatilgan) | — | — | — |
MIN jami | 349 | 173 | 132 | 44 | 390 | 11 | 17 | ||
2016—2017 | 32 | 22 | 8 | 2 | (46) | 3-oʻrin | 6 | 5 | 2-uchrashuvda magʻlub boʻldi |
2017—2018 | 82 | 44 | 32 | 6 | 94 | 5-oʻrin | — | — | Ishtirok etmadi |
2018—2019 | 19 | 7 | 9 | 3 | (17) | (ishdan boʻshatilgan) | — | — | — |
STL jami | 133 | 73 | 49 | 11 | 157 | 6 | 5 | ||
2021—2022 | 60 | 17 | 36 | 7 | (41) | 8-oʻrin | — | — | Ishtirok etmadi |
Jami | 482 | 246 | 181 | 55 | 547 | 17 | 22 |
Manbalar
tahrir- ↑ Russo. „Mike Yeo will be St. Louis Blues head coach, but not until 2017—2018 season“. StarTribune.com (2016-yil 13-iyun). Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Graff. „Minnesota Wild: New deal coming for coach Mike Yeo“. twincities.com (2014-yil 14-may). 2015-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ „WBS Penguins“. 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-may.
- ↑ Russo. „Mike Yeo will be St. Louis Blues head coach, but not until 2017—2018 season“. StarTribune.com (2016-yil 13-iyun). Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.[sayt ishlamaydi]Russo, Michael (June 13, 2016). „Mike Yeo will be St. Louis Blues head coach, but not until 2017—2018 season“[sayt ishlamaydi]. StarTribune.com. Retrieved August 5, 2016.
- ↑ „Yeo replaced by Berube as St. Louis Blues head coach“. stltoday.com. St.Louis Post Dispatch. Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.
- ↑ „Flyers finalize 2019—2020 Coaching Staff“. NHL.com (2019-yil 6-may). Qaraldi: 2019-yil 11-may.
- ↑ Apody. „Flyers fire head coach Alain Vigneault following 8 straight losses“. 6abc Philadelphia (2021-yil 6-dekabr). 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ „Flyers relieve Alain Vigneault, Michel Therrien of duties“. NHL.com (2021-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ Gulitti. „Yeo fired as coach of Flyers, was 17-36-7 after replacing Vigneault“. NHL.com (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2022-yil 3-may.
- ↑ Pinkert. „Yeo cheers on son in state tournament“. NHL.com (2017-yil 9-mart). Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
- ↑ Turl. „North Bay's NHL coach fired“. baytoday.com (2016-yil 13-fevral). — „Yeo attended Widdifield Secondary School and played for the Sudbury Wolves of the OHL.“. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
Oʻtmishdoshi: Todd Richards |
Minnesota Wild klubining bosh murabbiyi 2011—2016 |
Vorisi: John Torchetti (vaqtinchalik) |
Oʻtmishdoshi: Ken Hitchcock |
St. Louis Blues klubining bosh murabbiyi 2017—2018 |
Vorisi: Craig Berube (vaqtinchalik) |
Oʻtmishdoshi: Alain Vigneault |
Philadelphia Flyers klubining bosh murabbiyi (vaqtinchalik) 2021—2022 |
Vorisi: John Tortorella |