Mikobakteriyalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mikobakteriyalar (Mycobacteriaceae) — aktinomitsetlar oilasi. Mikobakterium turkumini oʻz ichiga oladi. Koʻndalang kesimi 0,2—0,6 mk, uz. 1,0—10 mkm, koʻpincha, bir oz egilgan yoki shoxlangan tayoqchalar. Ayrim turlari giflar hosil qiladi, lekin ular yana tayoqcha va kokklarga ajralib ketadi. Gramm musbat, kislotaga chidamli, harakatsiz. Hujayraning boʻlinishi orqali koʻpayadi; spora hosil qilmaydi. Tuproqsa keng tarqalgan. Saprofit M. organik moddalarni minerallashtirishda ishtirok etadi; ayrim turlari parafinlar va boshqa uglevodlarni oksidlashda qatnashadi. M.dan biosferani neft qoldigʻidan tozalashda foydalanish mumkin. Patogen turlari odam, hayvon va oʻsimliklarda kasallik paydo qiladi (oʻpka sili, prokaza).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |