Mikozlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mikozlar (yun. mykes — zamburugʻ) — odam va hayvonlarda parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. M.da patogen zamburugʻlar sporasi yoki mi-seliyttg bir qismi qulay sharoitda toʻqimaga tushib, uning ichiga kirib koʻpayadi. Kasallikning yashirin davri bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin. Koʻpincha, teri, soch tolalari, tirnoq shikastlanadi — dermatomikozlar (trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya va boshqalar); oʻpka jarohatlanganda — kandidoz, blastomikoz, mogʻorli mikozlar; shilliq qavatlar shikastlanganda — kandidoz, rinosporidoz; limfoidmakrofagal tizim, ichki aʼzolar jarohatlanganda — gistoplazmoz, limfa bezlarida va terida — sporotrixoz kasalliklari kelib chiqadi.
M.ning paydo boʻlishida unga moyillik muhim ahamiyatga ega. Masalan, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, asosan, dermatofitiya bilan; 3—5 yashar bolalar esa koʻpincha kandidoz bilan ogʻriydi. M.ning rivojlanishiga gipo-va avitaminoz, disbakterioz, kup terlash, xavfli oʻsma, qon kasalliklari, OITS, oʻtkir va surunkali kasalliklar, antibiotiklardan notoʻgʻri foydalanish, shaxsiy gigiyena kridalariga amal qilmaslik va boshqa omillar sabab boʻladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |