Mikrobarografatmosfera bosimining oz-ozdan va tez-tez oʻzgarishini katta aniqlik bilan avtomatik qayd qilib boradigan asbob. M.da membrana (aneroid) li qutichalar bloki sezgir element boʻlib xizmat qiladi. Qutichalar bloki issiqlikdan yaxshilab izolyasiyalangan mitti barokameraga joylashtirilgan. Qutichalar ichidagi havo atmosfera bilan uzluksiz ulangan boʻladi. Aneroid bloki tashqi havo bilan qutichalar ichidagi havo orasidagi bosim farqini sezadi va maxsus uzatuvchi mexanizmlar orqali yoziladigan tasmalarga uzatiladi (qarang Barograf). M. atmosfera oʻzgarishlarini oddiy barografga nisbatan 10—30 marta tez qayd qiladi. Tasmali barabanlarning aylanish vaqti 10 min. dan 4—6 soat gacha.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil