Mikroiqlim (mikro... va iqlim) — yer yuzasiga yaqin havo qatlamining iqlimi; mahalliy iqlim doirasida yer yuzasining kichik farqlari tufayli roʻy beradi. Mas, biron oʻrmonning mahalliy iqlimida oʻrmon ichidagi yalangliklar, oʻrmon chetining M. i, shaharning mahalliy iqlimida ayrim maydonlar, koʻchalar, xiyobonlar, hovlilar Mikroiqlim va hokazo farq qshshnadi. Yer yuzasidan baland kutarilgan sari M. farqlari tez yoʻqola boradi. M. koʻp jihatdan obhavo sharoitiga bogʻliq: havo ochiq va shamolsiz boʻlganda M. ta-fovutlari kuchli boʻladi, osmon bulut boʻlganda esa, M. bir-biridan kam farq qiladi. Mahalliy iqlim, M. kichik hududlar iqlimidir. Joyning mikro-iqlimiy xususiyatlarini aniqlash uchun meteorologik kuzatishlar oʻtkaziladi. Kuzatishlar, odatda, qisqa vaqt ichida va har xil balandliklarda olib boriladi. Kuzatish natijalari muntazam ishlaydigan st-yalarda shu vaqtlar davomida oʻtkazilgan kuzatish natijalari bilan taqqoslanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil