Mikrolitrajli avtomobil — dvigateli silindrlarining ish hajmi kichik (0,85 l gacha) va massasi 700 kg gacha boʻlgan yengil avtomobillarning shartli nomi (mas, "Zaporojets", "Tiko", "Matiz"). Asosan, xususiy shaxslarga va qisman maishiy xizmat koʻrsatishga (aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish, pochta aloqasi, teleatelyelar) moʻljallab ishlab chiqariladi. Mikrolitrajpi avtomobil 4 oʻrinli va baʼzan 2 oʻrinli boʻladi; ularning tezligi 150 km/soat gacha, 100 km yoʻl bosish uchun 6—7 l yonilgʻi sarflaydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil