Mikrosʼyomka
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mikrosʼyomka — detal va obyektlardan fotosurat yoki kinosuratga kattalashtirib olish. M. optik mikroskop yordamida 3500-martagacha, elektron mikroskop yordamida 100000-martagacha kattalashtirib olinadi. Detal yoki obyekt tasvirini yorugʻ sezgir materi-allarga tushirishda yo faqat mikro-skopning optik tizimi, yo bulmasa, foto yoki kinoapparatning "mikroskop + obyektiv" tizimi qatnashadi. Eng odsiy mikroqurilma mikroskop va 16 yoki 35 mm li lentali kinoapparatdan iborat. Ilmiy tadqiqotlar uchun murakkab mikroqurilmalar ishlab chiqariladi. M. — detal va obyektlarning tashqi koʻrinishi, strukturasi va ularda oʻtadigan jarayonlarni Urganish uchun fan va texnikaning turli sohalarida, qishloq xoʻjaligida keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |