Mikroseysmalar (mikro... va seismos — tebranish, zilzila) — atmosfera bosimining oʻzgarishi va boshqa sabablar tufayli Yer sirtining sinusoida shaklda juda kichik oʻzgaruvchan amplituda bilan tebranishi. M. tabiiy va sunʼiy, davriy va davriy boʻlmagan tebranishlardan iborat. Tabiiy M.ga dengiz, okean, dare suvlarining chayqalishi, atmosfera bosimining oʻzgarishi, kuchli shamol, doʻl, sel, toshqin va boshqa sabab bulishi mumkin. Sunʼiylariga transport qatnovlari, por-tlashlar, turli sanoat inshootlarining taʼsiri va boshqa kiradi. M. dengiz va okean qirgʻoqlarida, yirik shahar va industrial inshootlar yaqinida kuchli boʻladi. Okean siklonining quruqlikka oʻtishida M. yanada zoʻrayadi. Ular seysmik st-yalar ishiga salbiy taʼsir etadi va ularning sezgirlik darajasini kamaytiradi. M. ning tebranish davri bir necha sek. dan 10 sek.gacha, amplitudasi 1—5, ayrim vaqtlarda 100 mikrongacha yetishi mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil