Mikstura (lot. mixtura — aralashma) — suyuq dori shakli; bir necha xil dorilarning biror suyuklikda eritilgan yoki choʻkmaydigan aralashma holiga keltirilgani. M. tarkibiga nastoykalar, qaynatma, ekstraktlar, emulsiya, eruvchan va erimaydigan poroshoklar kirishi mumkin. Ichiladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil