Mile Svilar (1999-yil 27-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi, Italiya A Seriyasining „Roma“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Belgiyada tugʻilgan, Serbiya terma jamoasi vakili.

Mile Svilar
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mile Svilar[1]
Tavallud sanasi 27-avgust 1999-yil (1999-08-27) (24 yosh)
Tavallud joyi Antwerp, Belgium
Boʻyi 1.89 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Roma
Raqami 99
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2009 KFCO Wilrijk
2009—2010 Beerschot A.C.
2010—2017 Anderlecht
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 Anderlecht 0 (0)
2017—2022 Benfica 7 (0)
2019—2022 Benfica B 56 (0)
2022- Roma 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014 Belgium U15 3 (0)
2014—2015 Belgium U16 3 (0)
2016 Belgium U17 7 (0)
2016 Belgium U18 1 (0)
2016—2017 Belgium U19 5 (0)
2019—2020 Belgium U21 5 (0)
2021- Serbia 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-may 2022-yil uchun)

Klub faoliyati tahrir

Anderlext tahrir

Svilar KFCO Wilrijk va Beerschot ACning yoshlar jamoalari tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2010-yilda u Belgiya jamoasi Anderlextga qoʻshilib, 2016-17-yilgi mavsumda uchinchi darvozabon sifatida faoliyatini boshladi[3]. Lekin bu mavsumda birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi.

Benfika tahrir

Svilar 2017-yilning 28-avgustida Portugaliyaning shu yilgi chempioni „Benfika“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi[4]. 14-oktyabr kuni u klubdagi debyutini „Olhanense“ga qarshi oʻyinda boshladi va bu oʻyinda jamoasi bilan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[5]. Bu uchrashuvda Svilar „Benfika“da oʻynagan eng yosh darvozabonga aylandi. Xalqaro musobaqada u 2017-yil 18-oktabr kuni 18 yoshu 52 kunligida „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻyinda maydonga tushib, Chempionlar Ligasida oʻynagan eng yosh darvozabon sifatida Iker Kasilyasning rekordini yangiladi[6][7]. Angliya termasiga qarshi javob oʻyinida 18 yoshu 65 kunligida u Chempionlar ligasi oʻyinida penaltini amalga oshirgan eng yosh darvozabonga aylandi[8][9].

Roma tahrir

2022-yil 1-iyulda Svilar A Seriya klubi Roma bilan 2027-yil 30-iyungacha shartnomani imzoladi[10].

Xalqaro faoliyati tahrir

Yoshlar terma jamoasi tahrir

Svilar Belgiya U-16, Belgiya U-17, Belgiya U-18 terma jamoalari va Belgiya U-19 terma jamoasi azosi boʻlgan. U Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan 2016-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Belgiya U-17 terma jamoasi uchun birinchi raqamli darvozabon sifatida tanlab olingan.

Kattalar terma jamoasi tahrir

Svilarning ota-onasi serb oilasida tugʻilgan. Shuning uchun Svilar Belgiya yoki Serbiya terma jamoasi vakili boʻlishi mumkin edi[11]. 2017-yilning 4-noyabrida u Serbiya futbol assotsiatsiyasining chaqiruvini qabul qilib, 2018-yilning mart oyida Serbiya terma jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazishini eʼlon qildi[12]. U Serbiya bilan 2021-yil 1-sentyabrda Qatar ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻrtoqlik oʻyinida debyut oʻyinini oʻtkazgan[13].

Shaxsiy hayoti tahrir

Svilar Serbiya pasportiga ega[14]. Uning otasi Ratko Serbiyalik sobiq darvozabon hisoblanadi[4].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Anderlext 2016-17 Belgiya birinchi divizioni A 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Benfika 2017-18 Primera Liga 3 0 1 0 3 0 2 0 9 0
2018-19 1 0 5 0 0 0 4 0 10 0
2019-20 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2020-21 2 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 5 0 6 0 3 0 6 0 20 0
Benfika B 2018-19 LigaPro 1 0 1 0
2019-20 10 0 10 0
Jami 11 0 11 0
Faoliyatidagi jami 16 0 6 0 3 0 6 0 31 0

Xalqaro tahrir

1 September 2021
Serbiya
Yil Oʻyinlar Gollar
2021-yil 1 0
Jami 1 0

Yutuqlar tahrir

Anderlext

  • Belgiya Superkubogi : 2017[15]

Benfika

  • Primera Liga : 2018-19

Manbalar tahrir

  1. „Comunicado Oficial N. 131“ [Official Announcement No. 131] (portugalcha). Portuguese Football Federation (7-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 10-iyun 2021-yil.
  2. „Svilar - Official Profile“. S.L. Benfica. 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2019-yil.
  3. „Anderlecht 2016-2017“. footballsquads.co.uk. Qaraldi: 19-oktabr 2017-yil.
  4. 4,0 4,1 Garcia, Filipa Fernandes. „Svilar assina por cinco épocas“ (portugalcha). S.L. Benfica (28-avgust 2017-yil). Qaraldi: 16-oktabr 2017-yil.
  5. „Taça de Portugal Placard 2017/2018 - Third Round: Olhanense 0-1 Benfica“. thefinalball.com. Qaraldi: 16-oktabr 2017-yil.
  6. „Benfica goalkeeper breaks Iker Casillas' record in Champions League clash with Man Utd | Goal.com“. www.goal.com.
  7. Michael Yokhin. „Meet Mile Svilar, the youngest keeper in Champions League history“. ESPN FC (31-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2017-yil.
  8. „Man. United 2-0 Benfica“. uefa.com (31-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2017-yil.
  9. Mark Critchley. „Manchester United make it four from four on another night to forget for Benfica youngster Mile Svilar“. The Independent (31-oktabr 2017-yil). 2022-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2017-yil.
  10. „SVILAR COMPLETES ROMA MOVE!“. Roma (1-iyul 2022-yil). Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
  11. „Mladi Srbin protiv Manchester Uniteda srušio rekord Lige prvaka“ (xorvatcha). index.hr. Qaraldi: 28-avgust 2018-yil.
  12. „Svilar odlucio - igra za Srbiju“ (serbcha). rts.rs. Qaraldi: 4-noyabr 2017-yil.
  13. „Match Report of Qatar vs Serbia - 2021-09-01 - FIFA Friendlies - Global Sports Archive“.
  14. „Jedan Srbin može protiv Junajteda da ispiše istoriju Lige šampiona“ (serbcha). sport.blic.rs. Qaraldi: 16-oktabr 2017-yil.
  15. „Mile Svilar Titles“. thefinalball.com. Qaraldi: 16-oktabr 2017-yil.