Milev Yordan (1933, Vrachansk okrugi, Bolgariya) — bolgar shoiri. Dastlabki sheʼriy kitobi — "Hayotga muhabbat" (1964). "Nestinar raqslari" (1965), "Olis yoʻllar", "Taqdir" (1967), "Sharq dostoni" (1968), "Vaqtni varakdaganda" (1970), "Qoyadagi ayol" (1971) va boshqa sheʼriy toʻshtamlar muallifi. Oʻzbekistonda koʻp marta boʻlgan. "Sharq dostoni"da, "Mening Samarqandim", "Unutmayman seni, Fargʻona" sheʼrlarida Oʻrta Osiyo boʻylab qilgan sayohati taassurotlari, Oʻzbekistonga maftun boʻlgan shoirning kechinmalari aks etgan. Gʻafur Gʻulom va Zulfiyaning asarlari uning tarjimasida bolgar tilida nashr etilgan (1970—71). Hofiz Sheroziy, Umar Xay-yom, Alisher Navoiy asarlarini bolgar tiliga tarjima qilgan. M.ning "Yettinchi qitʼa" sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida nashr qilingan (1967).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil