Milliy galereya (National Gallery) — 18—19-asrlar Gʻarbiy Yevropa rangtasviri asarlarining jahondagi eng sara toʻplamlaridan; London shahrida 1824-yilda J. J. Angerstayn kolleksiyasi negizida tashkil qilingan. 1830-yillarda klassitsizm uslubida qurilgan binoda joylashgan (meʼmori U. Uilkins). M. g .ning fondida saqlanayotgan nodir asarlar qatoridan Duchcho, P. Uchchello, Pyero della Francheska, J. Bellini (doj Leonardo Loredan portreta), Leonardo da Vinchi ("Kryadagi madonna"), Titsian ("Madonna"), Ya. van Eyk ("Erxotin Arnolfinlar portreta"), Kichik X. Xolbeyn ("Elchilar"), Rembrant ("Suvga tushayotgan ayollar"), D. Velaskes ("Venera oyna bilan"), T. Geynsboro ("Tonggi sayr"), F. Goyya va boshqa rassomlarning asarlari ham bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil