Patron (frans. patron) —1) metall kesish stanoklarida zagotovka yoki ke-suvchi asboblar mahkamlanadigan moslama. Mexanik, elektromagnit, pnevmatik P.lar bor; 2) tokarlik stanoklarida ichi hovol buyumlar tayyorlashda list zagotovkalar eziladigan model; 3) trubalarga tashqi rezbalar va shu trubalarning muftalariga ichki konus rezbalar kesadigan asboblar. Neft sanoatida (burgʻilash asboblari, nasos-kompressor va boshqalarda) qoʻllanadi; 4) elektr lampalarni burab mahkamlash uchun ishlatiladigan moslama; 5) kiyim bichiladigan namuna va an-daza; 6) harbiy ishda — gilza (snaryad) oʻqi bilan birlashgan, poroxli (jangovar) zaryad va kapsyula yoki kapsyula vtulkasi.

O'q (Patron). 1-o'q, 3-porox zaryadi, 5-alanga oldiruvchi element 2-Gilza.

Oʻq (snaryad) ni nishonga urish uchun xizmat qiladi. P.ning pistolet, miltiq va boshqa qurollarga moʻljallangan turlari bor. Harbiy qurollarda P. jangovar va yordamchi (oʻqsiz, oʻquvmashq) turlarga boʻlinadi.[1]

Manbalar Tahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil