Milya (lotincha: milia passuum dan olingan — mingta ikkitalik rim qadami) — masofani oʻlchash uchun yoʻl oʻlchov birligi.

Milya (lotincha: milia passum — mingta qoʻsh qadam) — Xalqaro birliklar tizimi SI ga kirmagan uzunlik oʻlchovi birligi. M. qadim zamonda qoʻllangan; hozir esa metrik konvensiyaga aʼzo boʻlmagan davlatlarda, shuningdek, dengizchilikda foydalaniladi. Har xil qiymatlarga ega M.lar mavjud: 1) xalqaro dengiz M.si — Yer meridiani 1 minut yoyining oʻrtacha uzunligi, 1852 m ga teng; 2) Britaniya dengiz M.si — 1853,184 m; 3) geografiya M.si — ekvator 1/15 gradus yoyining uzunligi, 7420,4 m ga teng; 4) Britaniya quruqlik M.si (AQSH da qoʻllanadi) —5280 fut ~ 1609,344 m; 5) eski rus M.si =7467,6 m; 6) eski rim M.si =1481 m. Turli xil M.lar orasidagi bogʻlanish quyidagicha: 1 eski rus M.si =4,038 dengiz M.si=4,669 quruqlik Milya [1]

  • Qadimiy Rim (milliatriy): 1 milya = 1,598 km (boshqa manbalarga koʻra 1,480 km)
  • Qadimiy Rus: 1 milya = 7 versta = 7,4676 km
  • Britaniya va Amerika: 1 milya = 8 furlong = 1,6093 km
  • Dengiz: 1 milya = 1,852 km
  • Geografiya (nemis): 1 milya = 1/15° ekvator = 7,420 km

Yana qarang

tahrir

Ingliz oʻlchov tizimida masofa oʻlchovi birliklari

Mil | Nuqta | Chiziq | Dyuym | Hend | Link | Fut | Yard | Rod | Cheyn | Furlong | Milya | Liga

Rus o‘lchov tizimida masofa o‘lchovi birliklari

Nuqta | Chiziq | Dyuym | Vershok | Pyad | Fut | Arshin | Sajen | Versta | Milya

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil