Mim
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mim (yun. mimos — taqlid, taqlidchi) —1) qad. xalq teatrining turi, maishiy va hajviy mazmundagi badiiy hajviy kichik tomoshalar. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda, ellinizm davrida (miloddan avvalgi 4—3 a.lar) Yaqin va Oʻrta Sharqsa, shu jumladan hozirgi Oʻzbekiston hududida vujudga kelgan. M.da shahar va qishloq quyi tabaqalarining hayoti aks ettirilgan. Tomoshalari sheʼriy va nasriy dialog va monologlardan, kulgili qoʻshiq va raqslardan tashkil topgan, koʻcha va maydonlarda, keyinroq sahnalarda koʻrsatilgan. M. artistlari niqobsiz oʻynagan. M. mahalliy xalqning masharabozlik teatri tomoshalari bilan qoʻshilib rivojlandi. M. teatrining shakli, estetik prinsiplari maʼlum oʻzgarishlar bilan bizgacha yetib kelgan. 19-asr oxiri —20 a. boshlarida oʻzbek aktyorlarining repertuaridagi "Dungon osh", "Xum oʻgʻrisi", "Qoro-vul uyqusi", "Ov" kabi tomoshalar, Xorazm xalq teatrida hozirgacha saqlanib kelgan bir aktyor teatri bunga misoldir; 2) M. tomoshalarini ijro etuvchi aktyor ham M. deb atalgan. Oʻzbek anʼanaviy teatridagi taqlid (teatr) va muqallid (aktyor) kelib chiqishiga koʻra, M. sanʼatining davomchisidir, degan qarash mavjud; 3) zamonaviy te-atrda — pantomima ijrochisi.
Muhsin Qodirov[1]
Havolalar
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |