Mintaylar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mintaylar (Theragra) — treskasimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Uzunligi 40—55 sm, vazni 1,5 kg gacha, tanasi choʻziq, orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichlari 2 ta, dum suzgichi qisman 2 boʻlakka boʻlingan. Uzoq Sharq mintayi Tinch okeanning shim. qismidagi Bering boʻgʻozidan boshlab Koreyaga va Shimoliy Kaliforniyagacha boʻlgan dengizlarda 500–700 m chuqurlikda yashaydi. 3—4 yilda jinsiy voyaga yetadi. Bahorda Koreya, Saxalin, Kamchatka sohillari yaqinida uvildiriq tashlaydi. Ikrasi mayda va pelagik boʻladi. Qisqichbaqasimonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Koʻpsonli, koʻplab ovlanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |