Miofibrillar (mio... va lot. Fibrilla — tolacha, ipcha) — muskul toʻqimalari hujayralarining sitoplazmasida joylashgan qisqaruvchi iplar. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskuli M.i farqlanadi. Koʻndalangtargʻil muskul M.i koʻproqoʻrganilgan. M.ning asosiy qismini juda ingichka oqsil iplari — miofilamentlar yokiprotofi bril l ar tashkil etadi. M. muskul tolasining oʻziga parallel ravishda bir uchidan ikkinchi uchiga davom etuvchi tutash tolalar dastasini hosil qiladi. M.da tropomiozin V va tropomiozin A yoki paramiozin, shuningdek, a va r- aktimin, troponin kabi oqsillar ham bor. Har bir miofibrill kimyoviy tarkibi va optik xossalari har xil boʻlgan disklardan tashkil topgan (yana qarang Muskul kisqarishi). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil