Mir’otul mamolik
Mir’otul mamolik (Mamlakatlar koʻzgusi) – tarixiy-memuar asar. Muallifi Seydi Ali Raisdir. Asar XVI asr oʻrtalari oʻrta asr tarixi, geografiyasi va etnografiyasini aks etturuvchi manbalardan biri. Asar 1553–1556-yillar davomida yozilgan[1]. Seydi Ali Rais turk admirali va dengizchisi hisoblanadi[1]. Mir’otul mamolik asari nemis, ingliz, fransuz, oʻzbek tillariga tarjima qilingan. Asar dastlab Genrix Fridrix fon Diz tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan. „Aziatik“ jurnalida fransuz tiliga Morez tomonidan chop qilingan[2]. Ahmad Javdad qoʻlyozma nusxasini turk olimi Najib Osim kirish soʻzlari bilan 1895-yil Istambulda chop ettiradi[3]. 1899-yilda Vamberi tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan[2]. OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy Sharqshunoslik instutitutida saqlanayotgan nashri asosida Sh. Zunnunov oʻzbek tilida ilmiy-izohlar bilan tarjima qilgan. Turk admirali koʻp mamlakatlarni kezadi va memuar uslubda asar yozadi[3]. Muallif asarida Afgʻoniston, Hindiston, Eron va Iroq va boshqa hududlarga qilgan sayohati haqida yozadi[1]. Safar davomida Oʻrta Osiyodagi shaharlar Shahrisabz, Hisori Shodmon, Buxoro, Samarqand va Xorazmda boradi. Asarda Buxoro tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirilgan. Seydi Ali Rais Buxoroga keladi va Shayboniy vakillar Burhon sulton va Baroqxonlar bilan uchrashadi. U Samarqandda boʻlgan paytda Baroqxon yaxshi kutib olgan. Baroqxon unga Gʻijduvon orqali vataniga qaytishni maslahat bergan. U Gʻijduvonga boradi va Abduxoliq Gʻijduvoniy qabrini ziyorat qiladi[3]. Seydi Ali Rais Buxoroda 15 kun qoladi[4]. Mir’otul mamolik asari Shayboniylar davri tashqi aloqlarini oʻrganishda ham muhim manba hisoblanadi[5].
Muallif(lar) | Seydi Ali Rais |
---|---|
Tarjimon(lar) | Sh. Zunnunov |
Til | fors |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1963-yil |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Cейди Али Раис 1963, s. 5.
- ↑ 2,0 2,1 Cейди Али Раис 1963, s. 6.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Тўраев 2023, s. 92.
- ↑ Тўраев 2023, s. 93.
- ↑ Тўраев 2023, s. 95.
Adabiyotlar
tahrir- Cейди Али Раис. Миръотул мамолик. Тошкент: Фан, 1963 — 160-bet.
- Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204-bet.