Turob Miraliyev (1872- Toshkent — 1951) — laganpaz kulol, Toshkent kulollik maktabining yirik namoyandasi. Kulollikda lagan yasash va uni bezashda ("Turob laganpaz" nomi bilan) mashhur boʻlgan. Otasi usta Mirvalidan hunar oʻrgangan. 1923-yildan "Jo-non" artelida kulol, soʻng Toshkent badiiy oʻquv i.ch. kombinatida bosh usta boʻlib ishlagan. M. yaratgan buyumlar bezagi oʻziga xos, oʻsimliksimon naqshlari nafis va jozibali, laganlar bezagi mujassamoti markaziga turli tasvirlar (kishilar qiyofasi va boshqalar)ni joylashtirgan; chizma gul solishning oʻziga xos uslubini rivojlantirgan. M.ning asarlari respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalarida (jumladan, Parij xalqaro koʻrgazmasida Kumush medal va diplom bilan) baholangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil