Mirhoji Asqarovich Asqarov (1931.30.4 – Toshkent – 23.12.2000, Toshkent) – kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), kimyo fanlari doktori (1967), professor (1968). Moskva yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirgan (1953).

Mirhoji Asqarov
Tavalludi 30-aprel 1931-yil
Toshkent
Vafoti 23-dekabr 2020 Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi makromolekulyar birikmalar kimyosi
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Taʼlimi Moskva yengil sanoat texnologiyasi instituti

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi institutida laboratoriya mudiri (1959—1967), shu institut direktorii (1962—1964), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida polimerlarni sintezlash laboratoriya mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1967—1972), shu institut direktori (1972—1982). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida boʻlim mudiri (1982). Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida kafedra mudiri (1983—1988), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida direktor (1988—1993), boʻlim mudiri 738(1993-yildan). Asqarov sintetik polimerlar olish va ularni plastmassalar sohasida qoʻllash borasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning rahbarligida aromatik diaminlarni alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatlab yukrri haroratga chidamli plastmassalar olingan. Asqarov 50 dan ortiq yangi monomerlarning polimerlanish kinetikasi va mexanizmini oʻrganish natijasida xossalari barqarorlashtirilgan karbonzan-jlrli plastmassalarni barpo etgan[1].

Tarjimai holi tahrir

1931-yil 30-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan, shahardagi 41-maktabda oʻqigan[2].

Moskva yengil sanoat texnologiyasi institutini (1953) va Moskva kimyo-texnologiya instituti aspiranturasini (1956, ilmiy maslahatchi Ivan Platonovich Losev) tugatgan[2]. 1957-yilda „Arilalifatik poliamidlarning sintezi va tadqiqi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1957-yildan Toshkent politexnika instituti organik kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi[2]. 1959-yilda yangi tashkil etilgan OʻzSSR Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi institutiga koʻchib oʻtdi va u yerda laboratoriya mudiri sifatida tabiiy gaz vinil birikmalarining yangi monomerlari va polimerlarini sintez qilish sohasida ilmiy izlanishlar olib bordi. 1962-yildan – institut direktori. Tayinlanganidan koʻp oʻtmay, u Manchester universitetida professor Jefri Gi rahbarligida bir yillik amaliyotni tamomladi. 1967-yilda „Akril monomerlari sopolimerlarining sintezi va xossalarini oʻrganish va ularni sellyulozaga payvand qilish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[2].

1972—1982-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Kimyo instituti direktori.

Keyinchalik Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida makromolekulyar birikmalar kimyosi kafedrasi mudiri (1983—1988), shu kafedra professor boʻlib ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori (1988—1993), boʻlim mudiri (1993-yildan).

Kimyo fanlari doktori (1967), professor (1968). Doktorlik dissertatsiyasi:

  • Akril, metakril va itakonik kislotalar efirlarining polimerlari va sopolimerlarini sintez va tadqiq qilish: dissertatsiya … Kimyo fanlari doktori: 02.00.00. – Toshkent, 1966. – 313 b.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000).

2020-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan[3].

Ilmiy faoliyati tahrir

Uning rahbarligida 90 nafar fan nomzodi va 15 nafar fan doktori himoya qilishdi. U yolgʻiz oʻzi nashr etgan va ilmiy jurnallarda 700 dan ortiq maqolalar muallifi boʻlgan, 100 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va ixtirolarga patent olgan.

Kitoblari tahrir

  • Polimer materiallar [Matn]. – Toshkent: OʻzSSR Davlat nashriyoti, 1959. – 72 b., 2 varaq.
  • Ionli polimerlar sintezi [Matn]. – Toshkent: Fan, 1978. – 159 b. : grafik
  • Itakonatlarning sintezi va polimerlanishi [Matn]. – Toshkent: Fan, 1979. – 189 b. : grafik; 22 sm.
  • Qadimiy, hamisha yosh kimyo / M. Asqarov. – Toshkent: Fan, 1990. – 94, [2] b.; 20 sm; ISBN 5-648-00920-8:
  • Oʻzbekistonda kimyoning kelajagi [Matn] / M. A. Asqarov. – Toshkent: Fan, 1985. – 238 b.; 20 sm.
  • Polimerlar kimyosi: [Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik] / M.Asqarov, B.Ayxoʻjaev, A.Aloviddinov. – Toshkent: „O'qituvchi“, 1981. – 473 b.
  • Polimerlarning kimyoviy stabilizatsiyasi [Matn] / M. A. Asqarov, A. S. Bank; OʻzSSR Fanlar akademiyasi. Kimyo instituti. – Toshkent: Fan, 1974. – 143 b. : grafik; 21 sm.
  • Aminoalkil akrilatlarning polimerizatsiyasi [Matn] / M. A. Asqarov, N. A. Muxitdinova, A. Nazarov; OʻzSSR Fanlar akademiyasi, Kimyo instituti. – Toshkent: Fan, 1977. – 176 b. : grafik; 22 sm.
  • Ionli polimerlar: (Kimyoviy faol yuqori molekulyar birikmalarning sintezi va tadqiqi) / OʻzSSR Fanlar akademiyasi, Kimyo instituti; Mas'ul muharrir M. A. Asqarov. – Toshkent: Fan, 1986. – 119 b. : grafik; 21 sm.
  • Yuqori molekulyar birikmalar sintezi [Matn]: [Maqolalar toʻplami] / Mas'ul muharrir kimyo fanlari doktori M.A.Asqarov; OʻzSSR Fanlar akademiyasi. Kimyo instituti. – Toshkent: Fan, 1972. – 131 b.
  • Radikal polimerlanish jarayonini tartibga solish [Matn] / M. A. Asqarov, S. Sh. Rashidova, A. T. Jalilov, S. N. Trubitsyna; OʻzSSR Fanlar akademiyasi, Kimyo instituti. – Toshkent: Fan, 1975. – 235 b.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Аскаров Мирходжи Аскарович“ (PDF). Исторический вестник (ruscha). № 33. Moskva: Российский химико-технологический университет им. ДюИю Менделеева. 2010. 34-bet.
  3. „Ушел из жизни академик Мирхожи Аскаров Больше информации на портале tafsilar.info: https://tafsilar.info/novosti-uzbekistana/ushel-iz-zhizni-akademik-mirhozhi-askarov/“ (ru). Tafsilar (2000-yil 23-dekabr). Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.