Mirjana Marić (serb kirillcha: Mirjana Marić ; 1970-yil 10-yanvarda Nyu-York shahrida tugʻilgan) — Amerikada tugʻilgan serbiyalik ayol shaxmatchi. U FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega[1]. U Serbiya (sobiq Yugoslaviya) poytaxti Belgradda yashaydi va ikkilik Serbiya va AQSh fuqaroligiga ega.

Mirjana Marić
Toʻliq ismi Мирјана Марић
Mamlakat

Serbiya bayrogʻi Serbiya

Yugoslaviya bayrogʻi (1945-1991) Yugoslaviya
Tugʻilishi 10.01.1970
Nyu York
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2333 (iyul 2000-yil)

Hayoti

tahrir

Marić shaxmat bilan toʻrt yoshida oʻzidan 20 daqiqalik katta egizak singlisi Alisa Marić bilan birga tanishgan. Alisa va Mirjana zamonaviy shaxmat tarixida grossmeyster unvoniga ega yagona egizaklardir.

Yoshligida u 1984-yili Fransiyada boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida 1-3-oʻrinlarni (bronza medali) egallagan va 1985-yilda Isroilda oʻtkazilgan xuddi shu musobaqada gʻolib chiqqan.

Marić shaxmat boʻyicha ikki karra Yugoslaviya chempioni boʻlgan, 1991-yilda Suzana Maksimovich bilan birinchi oʻringa davogar boʻlgan va 1993-yilda esa u vanihoyat taybreksiz gʻalaba qozongan. Marić Yugoslaviya terma jamoasi safida 1990-yilda Novi Sadda (2-jamoada), 1994-yilda Moskvada va 1996-yilda Yerevanda shaxmat olimpiadalarida qatnashgan.

FIDE uni 1988-yilda Ayollar xalqaro shaxmat ustasi (WIM), 1992-yilda esa ayol grossmeyster (WGM) unvonlari bilan taqdirlagan.

Jahon chempionati sikllariga koʻra, u 1991-yilda Subotica va 1993-yilda Jakartadagi zonalararo turnirlarda ishtirok etgan[2].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Marić Belgrad universitetining matematika fakultetini tamomlagan va xalqaro usta Zoran Stamenkovich bilan oila qurgan. 2000-yildan keyin Mirjana Marić vaqti-vaqti bilan, asosan jamoaviy bahslardagi oʻyinlarda oʻynadi. Uzoq tanaffusdan soʻng, u 2007-yilda Pancevodagi Serbiya ayollar chempionatida qatnashdi va 12 ishtirokchidan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar

tahrir
  1. „FIDE reytingi“. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  2. „FIDE reytingi“. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.

Adabiyotlar

tahrir

1. Beograd-metropola saha, Sahovski savez Beograda 1997.

Havolalar

tahrir
  • Mirjana Maric rating card at FIDE
  • Mirjana Maric FIDE rating history at OlimpBase.org
  • Mirjana Maric chess games at 365Chess.com
  • Mirjana Maric player profile and games at Chessgames.com