Mirsharopov Mirkomil (1900.24.12, Avliyoota - 1938.4.10, Toshkent) — harbiy arbob, oʻzbek diviziyasi qoʻmondoni. Rus-tuzem maktabini tugatgan (1914). 1917-yilda Toshkentga koʻchib kelgan. lik komandirlar kursini tugatgach, uning jangovar hayoti boshlangan. Xorezm Xalq Sovet Respublik a si (XXSR) harbiy noziri (1921), nozir muovini (1924). M. XXSR da milliy qoʻshin tuzishga eʼtibor karatdi, respublika hududidan xalqning madaniy merosiga oid boyliklarning olib chiqib ketilishini taqikladi. Junaidxon bilan sulh tuzib, "Birlik shartnomasi"ni imzolagan (1921.5.11) komissiya tarkibida boʻlganligi uchun kommunistlar tarafidan boshqa nozirlar qatorida lavozimidan olib tashlandi va Xorazmdan chiqarib yuborildi. Moskvadagi harbiy akademiyada oʻqidi (1925—29). Samarqanddagi alohida Oʻzbek otliq askarlar polkining komandiri va komissari (1929—36). 19togʻli otliq Oʻzbek diviziyasi qoʻmondoni va komissari (1932—35). Moʻgʻuliston Xalq Respublikasida harbiy maslahatchi (1935). Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi Alohida otliq brigadasi qoʻmondoni va komissari (1936—37). M. sovet rejimi tomonidan Maykopda qamoqqa olindi (1937.28.10) va Toshkentga joʻnatildi. U Oʻzbek diviziyasini milliylashtirish va bu diviziya yordamida Oʻzbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishga urinishda ayblandi. Dastlabki Oʻzbek diviziyasi tarqatib yuborildi va M. boshchiligidagi 16 ta harbiy komandir va koʻplab oddiy askarlar otib tashlandi.

Ad:. Matkarimov M., Xorazm Respublikasi: davlattuzilishi, nozirlari va iqtisodi, Urganch, 1983; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil