Mirkomil Moʻminboyev
Mirkomil Mirmoʻminboyev (Mirkomilboy, 1882-yil, Andijon — 1918-yil, Andijon) — oʻzbek sanoatchisi. „Rus-Osiyo“ („Russko-Aziatskiy“) banki muassislaridan biri. Mikromilboyning Andijonda 5 ta paxta zavodi, bir necha shaharda savdo rastalari, bogʻlari, katta yerlari boʻlib, oltin pul hisobida 14 mln.soʻm mablagʻga ega edi (1911). Mirkomilboy Turkiston va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida savdo munosabatiga asos solganlardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Shlossberg, Kraft firmalari bilan savdo aloqasi oʻrnatgan, Berlin, London, Parij va Istanbulga borib, mahalliy sanoatchilar bilan savdo ishini yoʻlga qoʻyishga intilgan. Mirkomilboy Andijon shahrida 30 oʻquvchiga moʻljallangan internat maktab, 100 talabaga moʻljallangan madrasa, kasalxona qurmoqchi boʻlib, loyiha tayyorlatgan, biroq mahalliy maʼmurlar bu loyihalarni amalga oshirishga ruxsat bermagan. Mirkomilboy „Shoʻroi islom“ tashkilotining Andijon boʻlimiga rahbarlik qilgan (1918) va jadidlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlab turgan. Bolsheviklar tomonidan otib tashlangan[1].
Mirkomilboy | |
---|---|
Mirkomil Mirmoʻminboyev | |
Tavalludi |
1882-yil |
Vafoti |
1918-yil Andijon |
Kasbi | Tadbirkor |
Dini | Islom |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |