Mirmahmud Rahmatov
Mirmahmud Mirahmatovich Rahmatov (1950.18.2, Toshkent) — ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2002). Us t a Mahmud Usmonovnpng shogirdi. Ustozi bilan ishlab hunar oʻrgangan; 1966-yil Alisher Navoiy teatri binosining ganch bezaklarini taʼmirlashda qatnashgan. Rahmatov respublika va xorijiy mamlakatlar (Ukraina, Rossiya va boshqalar)dagi jamoat binolarini bezagan, nafis va jozibali bezaklar (Mas, qandil, namoyon, rozetka va boshqalar) tayyorlagan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis, Toshkent shahri hokimiyati binolari, Imom Buxoriy majmuidagi ishlari diqqatga sazovor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |