Mirobid Inoyatov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Inoyatov Mirobid (1889-yil, Toshkent — 1937-yil) — davlat va jamoat arbobi, qatagʻon qurboni. 1916-yilda Turkistondagi milliy ozodlik harakatida faol qatnashgan. Toshkent Eski shahar kengashi ijroqoʻmi raisi (1918), Toshkent Eski shahar shoʻro kengashi raisi (1919), Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissari (1920), Turkiston XKSning Moskvadagi muxtor vakili oʻrinbosari (1923), Turkmaniston Moliya xalq komissari (1926), Oʻzbekiston SSR Savdo xalq komissari (1933) vazifalarida ishlagan. Keyinroq Tojikiston Yer ishlari va moliya xalq komissari etib tayinlangan (1935). Biroq hayotini xalqi, Vatani ozodligi yoʻlida sarf etgan Inoyatovga ham „xalq dushmani“ tamgʻasi bosilgan va otishga hukm etilgan. 1956-yilda oqlangan[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |