Miroqi adirlari - Hisor tizma togʻlarining jan.-gʻarbiy tarmoqlari etaklarida joylashgan adirlar. Oqsuv daryosi bilan Quruqsoy (Qashqadaryo irmoqlari) oraligʻida joylashgan. Shim.-sharqdan jan.-gʻarbga yoʻnalgan. Eng baland joyi 2108 m. Jan.-sharqiy yon bagʻri nisbatan tik va kuchli oʻyilgan. Shim.-gʻarbiy yon bagʻri asta-sekin pasayib boradi. Adirlarning suvayirgʻichi Oqsuv daryosi yaqinidan oʻtgan. Shu sababli yon bagʻirlar keskin koʻrinishga ega (daryo vodiysiga qaragan tomoni juda baland, qisqa va kalta, qarama-qarshisi esa qiya va past). Yuqori neogenning qumtosh, gil va konglomeratlaridan tashkil topgan. Mavjud toʻq boʻz tuproqlar yuvilgan, dagʻal mexanik tarkibga ega. Turli oʻtli bugʻdoyiqzorlar butalar bilan majmua xrlda oʻsadi. Miroqi adirlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil