Mirpo'stin ota jome masjidiAndijon viloyatining Andijon shahri Mirpo'stin mahallasi Maybog'cha ko'chasida joylashgan shu nomli masjid va ziyoratgoh.

Masjid
Mirpoʻstin ota jome masjidi
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Andijon shahri
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomʼe masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Yo'ldashev Sayfiddin
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Ziyoratgoh tarixi

tahrir

Ushbu masjidda joylashgan ziyoratgohga Xo'ja Ahror Valiyning izdoshlaridan biri bo'lgan, XVI asrda yashab o'tgan hazrat Hisomiddin (Asomiddin ham deyiladi) avliyo ya'ni Mirpo'stin ota dafn etilgan.

Rivoyat

tahrir

Rivoyatlarga ko'ra, Xo'ja Hisomiddin doim bir po'stinda yurganligi uchun el-yurt orasida "Birpo'stinli ota" nomi bilan tanilgan. Keyinchalik, oradan yillar o'tishi bilan uning nomi "Mirpo'stin" shaklida talqin etila boshlangan[1]. Biroq ayrim ma'lumotlarga asosan hazrat Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) xonadonlariga mansub sayyidlar avlodidan bo'lganligi uchun ularning ismiga "Mir" so'zi qo'shilgan bo'lishi mumkin[2].

Masjid arxitekturasi

tahrir

Masjidning to'g'ri burchakli ustunli xonasi uch tomonli ayvon bilan mutanosib qurilgan. Xom g'ishtdan ishlangan qo'sh sinchli binoning poydevori sifatida terilgan. Ustunli, to'sinli konstruksiya masjid tomini tekkis bo'lishiga xizmat qilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. Baxtiyor Eraliyev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov.. O'zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. Andijon va Namangan viloyatlari / Ikkinchi kitob (O'zbek tilida), 2014 32-bet
  2. Majzub Namangoniyning "Tazkirat ul-avliyo" asaridan
  3. https://www.youtube.com/watch?v=MAS1VMKifzA

Havolalar

tahrir