Mirrahimov Mirsaid Mirrahimovich (ruscha: Мирсаид Мирхамидович Миррахимов) – vrach-terapevt, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qirgʻiziston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, SSRI, Nyu-york tibbiyot fanlari akademiyakari aʼzosi. SSSI oliy soveti deputati. Ijtimoiy mehnat qahramoni. Millati Oʻzbek.

Mirsaid Mirrahimov
Tavalludi 27-mart 1927-yil
Vafoti 2-oktyabr 2008-yil(2008-10-02)
(81 yoshda)
Bishkek, Qirgʻiziston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR  Qirgʻiziston
Taʼlimi Qirg'iziston davlat tibbiyot akademiyasi
Kasbi Kardiolog
Millati oʻzbek
Turmush oʻrtogʻi Nelya Yarrulovna Yusupova

Hayoti

tahrir

Mirsaid Mirrahimov 1927-yilda Frunza (hozirgi Bishkek) shahrida musiqachilar oilasida tavallud topgan. 1934-yili 7 yoshga toʻlganida 1-sinfga borgan. Ota-onasi uni oʻzbek tilida taʼlim beruvchi toʻliq emas oʻrta-taʼlim maktabida oʻqitadilar. Maktab yillaridayoq Mirrahimov oʻz doʻstlaridan ijobiy hislatlari bilan ajralib turgan. Hamma bolalar kabi oʻynoqi boʻlgan emas, yoshligidan kitob oʻqishni yoqtirgan. Maktabda oʻqib yurganda shaxmat oʻynashni oʻrgangan. 1948-yili, 21 yoshida Qirgʻiziston davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. 1955-yilda „Tibbiyot ilmlari doktori“, 1966-yili „professor“, 1974-yili Qirgʻiz SSRi ilmlar akademiyasi Akademiki, 1988-yili SSRI tibbiyot fanlar akademiyasi Akademiki va 1993-yili Markaziy Osiyo kordiologlar assotsatsiyasi direktori lavozimlarini egallagan. 3 farzandning otasi. 2008-yili, 2-oktabrda vafot etgan va Bishkekdagi Ala-Archa mozoriga koʻmilgan.

Qoʻshimcha maʼlumotlar

tahrir
  • SSRI oliy soveti deputati;
  • Frunza shahar kengashi deputati;
  • Qirgʻiz SSRi Oliy kengash duputati (3 marotaba);
  • Markaziy Osiyo „Tibbiyot“ jurnali bosh direktori;
  • „MDH Kardioligiyas“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari;
  • „Odam biyologiyasi“, „Xemoretseptor“ xalqaro assotsotsiyalari aʼzosi;.

700dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Ulardan: 39 monografiya, 63 ilmiy maqola, referatlar va koʻplagan tibbiyoy maqolalari. 19ta kashfiyot muaalifi.

Mukofotlari

tahrir
  • 1961-yili „Hurmat belgisi“ ordeni (ikki marotaba);
  • 1976-yili „Oktabr revolyutsiyasi“ ordeni;
  • 1977-yili „SSRI sogʻliqni saqlash aʼlocisi“, „QR xalq aʼlochisi“, SSRI oliy soveti toʻrt hurmat gramotasi;
  • SSRI, QR Davlat mukofoti laureati fan va texnika sohasida;
  • 1978-yili Qirgʻiziston Respublikasi Davlat mukofoti laureati;
  • 1981-yili V. I. Lenin ordeni;
  • 1987-yili „Ijtimoiy mehnat qahramoni“ (oltin yulduz) medali.
  • 2000-yil „2000-yil Odami“ (Qirgʻiziston)

Havolalar

tahrir