Mirsanjali — Fargʻona guruhiga mansub mahalliy oʻrik navi. Daraxti balandligi 6 m, 70—150 yil yashaydi. Yosh novdalari ingichka. Iyun oyining oxirida mevalari barobar pishib yetiladi. Pusti yupqa, mevasi oʻrtacha qattiq, yuzasi bir oz tukli, tuyey sariq. Eti sariq, may-in, xushboʻy, shirin, tarkibida 13—21% qand, 0,8—1,2% kislotalar, 18—23% quruq modda bor. Danagi etidan yaxshi ajraladi. Koʻchat ekilgach, 4—5-yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidamsiz. Yangiligida isteʼmol qilinadi, quritiladi. Yuqori sifatli bargak va sharbat tayyorlanadi. Asosan, Fargʻona vodiysida ekiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil