Mirzaatxam Raximov

Oʻzbekistonlik biotexnologiya fanining tashkilotchilaridan biri

Raximov Mirzaatxam Mirzahakimovich (1943—2013) — Toshkentda tugʻilgan. Oliy maʼlumotni M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida olgan. Ushbu oliygohda aspiranturada tahsil olibkimyo fanlari nomzodi unvoniga sazovor boʻlgan (1972-yil). Oʻzbekistonda biotexnologiya fanining tashkilotchilaridan biri hisoblanadi[1]. Oʻzbekiston Milliy universiteti va boshqa qator oliy oʻquv yurtlarida biotexnologiya kafedralari va markazlarini tashkil etgan. Asosiy ilmiy yoʻnalishi fermentativ kataliz asosisda biotexnologik jarayonlar yaratish boʻlsa-da, biologiya, tibbiyot, kimyo, oziq-ovqat va boshqa yoʻnalishlarda oʻta keng faoliyat koʻrsatib kelayotgan yirik olimdir. Yuzga yaqin fan doktorlariga ustozlik qilgan. 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, oʻquv qoʻllanmalar, darslik va patentlar muallifi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Xo'jamshukurov N.A., Sherimbetov S.G., Nazarov K.K., Ishimov U.J., Mirzayeva D.A.. Fermentlar injineriyasi, 2018-yil — 12-bet. 
  2. Xo'jamshukurov N.A., Sherimbetov S.G., Nazarov K.K., Ishimov U.J., Mirzayeva D.A.. Fermentlar injineriyasi, 2018-yil — 13-bet.