Mirzachoʻl tajriba dalasi - Turkistondagi dastlabki ilmiy tadqiqot muassasalaridan biri; bevosita dala sharoitida qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan dala tajribalari oʻtkazilgan. Mirzachoʻldagi sobiq Spasskiy posyolkasi (hozirgi Guliston shahri hududi)da joylashgan. Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda katta rol oʻynagan. 1900-yilda "Turkiston qishloq xoʻjalik jamiyati" tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1914-yilriba stansiyasi, 2 dala uchastkasi (umumiy maydoni 260 ga dan oshiq) boʻlgan. Styada shoʻrxok yerlar (1912), tajriba dalasi (1914), seleksiya (1914) va entomologiya (1915) boʻlimlari tashkil etilgan, shuningdek, seyalka, plug va boshqalarni ijaraga beradigan punkti boʻlgan.

Almashlab ekish va shoʻrxok yerlarga ishlov berishning yangi samarali usullarini targab etish maqsadida stansiya qoshida namunali xoʻjalik (maydoni 11 ga), shuningdek, mevali daraxtlar va poliz ekinlari boʻyicha tajriba uchastkasi tashkil etilgan. Bu muassasada chorvachilik boʻyicha ham tajribalar oʻtkazilgan. St-yada G. S. Zaysev (seleksiya boʻlimi mudiri), M. M. Bushuyev (tajriba dala mudiri), N. A. Dimo, L. P. Rozov, N. I. Kurbatov, B. S. Konkov va boshqa olimlar ishlagan. 1925-yilda tajriba stansiyasining nomi Markaziy tajriba-meliorativ stansiyasi deb oʻzgartirildi. U 1930-yilgacha Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti, 1936-yildan SoyuzNIXI, 1991-yildan Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti tarkibida.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil