Mirzaobod ijtimoiy iqtisodiy kasb hunar kolleji
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Mirzaobod ijtimoiy iqtisodiy kasb hunar kolleji Kollej 2001-yilda qurilib faoliyat koʻrsata boshlagan. Loyiha quvvati 540 oʻrinli. Kollej 200 oʻrinli talabalar turar joyiga, 150 oʻrinli oshxona, 150 oʻrinli kutubxona, 200 oʻrinli faollar zali, qishki sport zali, yozgi sport maydonchasi, 35 ta fan kabineti, 3 ta ustaxona, 2 ta kompyuter sinfi, 2 ta lingafon kabineti, fizika, kimyo va biologiya labarotoriya xonalari hamda maʼmuriy ish yuritish xonalari kabi moddiy texnika bazasiga ega. Shuningdek Axborot resurs markazi adabiyotlar fondi 23301 tani tashkil etadi, shundan 3334 tasi umumiy fanlar, 2197 tasi maxsus fanlar, 316 tasi elektron adabiyotlar va boshqa turdagi adabiyotlar bilan taʼminlangan.
Kollejda bugungi kunda quyidagi yoʻnalishlar mavjud: moliya, bank ishi, ijtimoiy muhofaza huquqshunosi, buxgalteriya hisobi, boshlangʻich taʼlim, transporlarda tahish va boshqarishni tashkil etish, kompyuter va kompyuter tarmoqlarini montaj qilish, sozlash va ishlatish hamda tikuvchilik ishlab chiqarish.
Kollej pedagog xodimlar soni 67 ta, shundan umumtaʼlim fan oʻqituvchilari 36 ta, pedagog ayollar soni 27 ta, bosh oʻqituvchi 2 ta, yetakchi oʻqituvchi 5 ta, katta oʻqituvchi 15 ta.
Kollejda jami oʻquvchilar kontingenti 1102 ta, shulardan 493 nafari qizlardir. 1 bosqichda 333 nafar, 2 bosqichda 375 va 3 bosqichda 394 nafar talabalar tahsil olishmoqda. 1 bosqichda 11 guruh, 2 bosqichda 11 guruh, 3 bosqichda 13 guruh, jami 35 ta guruh mavjud boʻlib, shulardan 7 tasi boshlangʻich taʼlim, 7 tasi transport vositalaridan foydalanish va taʼmirlash, 6 tasi bank ishi, 4 tasi moliya, 4 tasi buxgalteriya, 3 tasi xoʻjalik huquqiy faoliyati, 2 tasi kompyuter va kompyuter tarmoqlarini montaj qilish va 2 tasi tikuv va tikuvchilik trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi yoʻnalishlariga tegishlidir.
Kollejda ish yurutuvchi maʼmuriyat quyidagi tarkibdan tashkil topgan: 3 ta kafedra, 3 ta boʻlim, xotin qizlar qoʻmitasi, Kamolot YoIHH, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi, oqsoqollar kengashi, uslubiy kengash, guruh rahbarlari kengashi, ota-onalar qoʻmitasi.
Kafedrlar: 1-Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi, 2- Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi, 3-Ijtimoiy iqtisodiy fanlar kafedrasi. Boʻlimlar: Moliya-Iqtisod boʻlimi, Pedagogika boʻlimi, Avtotransport va ijtimoiy boʻlim.