Abdullatif — (1423-1450) Movarounnahrda 1449-1450-yillarda hukmronlik qilgan Temuriylar hukmdori. Ulugʻbekning oʻgʻli.

Abdullatif Mirzo
Fayl:Abdullatif Mirzo.jpg
Mirzo Abdullatifning Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi portreti
Temuriylar imperiyasi amiri
Saltanat 1449-yil 27-oktyabr — 1450-yil 9-may
Oʻtmishdoshi Mirzo Ulugʻbek
Davomchisi Abdullo Mirzo
Tugʻilishi

1420-yil
Temuriylar imperiyasi

Vafoti

1450-yil 9-may (30 yosh)
Samarqand, Temuriylar imperiyasi

Turmush oʻrtogʻi Shoh Sulton Oqo
Uy Temuriylar
Otasi Mirzo Ulugʻbek
Onasi Ruqiya Sulton oqo
Dini Islom


Shohrux Mirzo saroyida tarbiya olgan, harbiy yurishlarda qoʻshinning oʻng qanotiga qoʻmondonlik qilgan. Gavharshodbegim va Tarxon amirlar Shohrux Mirzo oʻlimidan soʻng (1447) Abdulatifni oliy bosh qoʻmondonlikka tayinlab, uning amakivachchasi Alouddavlani taxtga oʻtqazishgan. Bu qarordan norozi boʻlgan Abdullatif Alouddavlaga qarshi urush ochgan, lekin Nishopur yaqinidagi jangda (1447) yengilib, hibsga olingan. Ulugʻbek farzandi hayotini saqlab qolish maqsadida Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur boʻlgan. Unga koʻra, Alouddavla Xuroson hukmdori deb tan olinib, Abdulatifga Balx ulusi berilgan. Abdullatif Ulugʻbekning 1448-yil ilk bahoridan yozigacha Alouddavla va Abulqosim Boburga qarshi janglarida qatnashgan. Soʻng, toj-taxtni egallash maqsadida otasiga qarshi Abulqosim Bobur bilan ittifoq tuzgan. Ulugʻbek Abdullatifga qarshi qoʻshin tortgan va Amudaryo boʻyida ikki tomon qoʻshini 3 oy muqobil turgan (1449). Samarqandda qolgan beklar isyoni tufayli Ulugʻbek poytaxtga qaytishga majbur boʻlgan, natijada Abdullatif Amudaryodan oʻtib Termiz, Shahrisabzni egallagan. Samarqand yaqinidagi Damishq qishlogʻi yonida otasini yengib, taxtni egallagan (1449). Abdullatifning roziligi bilan Ulugʻbek va ukasi — Abdulaziz Mirzo qatl etilgan. Abdullatif olti oylik hukmronligidan soʻng, Ulugʻbekning xos navkarlaridan Bobo Husayn bahodir tomonidan 1450-yil 8-mayda oʻldirilgan (). Abdulatif oʻjar, xudbin va shuhratparast boʻlsada, otasi Ulugʻbek kabi ilm axliga ixlosmand edi. U oʻzi ham falakkiyot va tarix ilmi bilan shugʻullanar, sheʼrlar bitardi.[1]

Manbalar

tahrir