Mirzo Hamdam madrasasi
Mirzo Hamdam madrasasi — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasa | |
Mirzo Hamdam madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Imom Buxoriy MFY, Roʻgʻangaron koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Kichik |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mirzo Hamdam ibn Mirzo Muhammad Aʼzim |
Homiylar | Mirzo Hamdam ibn Mirzo Muhammad Aʼzim |
Binokorlik | 1897—1898-yillar |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Ayanchli ahvolga kelib qolgan |
Hujralar soni | 18 |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan.
Tarixi
tahrirMadrasa 1897—1898-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Koʻkaldosh guzarida[2], oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida, Mirzo Hamdam ibn Mirzo Muhammad Aʼzim ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[3].
Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat amir Abdulahadxon va qozi Mir Baxriddin ibn Sadriddin muhrlari bilan tasdiqlangan[3].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2014-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash, hududini obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 120 million soʻm mablagʻ ajratilganligiga qaramay[4], hozirga qadar inshoot ayanchli ahvolda qolib ketgan[2].
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].
Buxoro shahridagi Imom Buxoriy MFYga qarashli Roʻgʻangaron koʻchasida joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
tahrirMadrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan[2]. 18 hujradan tashkil topgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Медресе Хусайни (Мухаммад Юнус-бий)“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 366-bet.
- ↑ „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
Havolalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.