Mirzohid Rahimov
Mirzohid Rahimov (1946.30.9, Toshkent) – diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1971). 1964-yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rejissor yordamchisi, rejissor assistenti, 1967-yildan diktor. R.ning diktorlikka nutqi, ovozi, qobiliyati kuchli boʻlib, yoqimli ovozi, ravon nutqi, matnni kuchli ehtiros bilan va maʼnodor qilib oʻqishi tomoshabinga kuchli taʼsir etadi. U, asosan, muhim siyosiy hujjatlar, farmonlar, bayramlarda Respublika Prezidentining xalqqa qilgan murojaat va tabriklarini, matbuotda chiqadigan maʼruzalarini, tantanali xabarlarni mahorat bilan oʻqiydi. Shuningdek, „Nazm va navo“, „Yakshanba oqshomi“ koʻrsatuvlarini, mumtoz shoirlarning gʻazallarini meʼyoriga yetkazib olib boradi va oʻqiydi. R. telefilm, kinoxronika va „Oʻzbekfilm“da filmlarga ovoz bergan.[1]
Unvon va mukofotlari
tahrir- Oʻzbekiston xalq artisti (2000-yil)
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992-yil)
- Mehnat shuhrati ordeni (2021-yil)[2];
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |