Ge Misha Tszyunovich (1991-yil 17-mayda tugʻilgan) — xalqaro toifadagi sport ustasi.[1] 2010-yildan muzda nafis uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Misha Ge Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Fransiya, AQSh, Avstriya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Bolgariya, Polsha kabi oʻndan ziyod mamlakatlarda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirlarda qatnashib koʻplab sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.


2011-yilgi Jahon chempionati chogʻida
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Misha Ge
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi Moskva, SSRI
Boʻyi 1,76 m
Murabbiyi Jun Ge, Larisa Ge
Oldingi murabbiylari Frank Carroll
Xoreografi Larisa Ge
Oldingi xoreograflari Lukash Abrahamyan
Jamoasi Alpomish Toshkent
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Pekin
Jahon reytingida 31-oʻrin
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 207,50
Jahon chempionati 2013
Qisqa dastur 70,26
Toʻrt qitʼa 2013
Erkin dastur 139,05
Jahon chempionati 2013

Misha Ge 2014-yil 7-23-fevral kunlari Sochi shahrida oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida ham ishtirok etdi. 13-fevral kuni qisqa dastur boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda, 14-fevral kuni esa erkin dastur boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada gʻoliblik uchun bahs yuritdi.

Sport faoliyati tahrir

Musobaqa 2009—2010 2010—2011 2011—2012 2012—2013
Jahon chempionati 30 19 16
Toʻrt qitʼa jahon chempionati 12 9 11
Oʻzbekiston chempionati 1 1
Qishki Osiyo oʻyinlari 6
Finlandia Trophy 6
NRW Trophy 5
Xalqaro kubok 8
Icechallenge 2 4

Manbalar tahrir

  1. „Sochi-2014 qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz xaqida maʼlumot“. Oʻzbekiston MOK (2014-yil 4-fevral). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-aprel. (Wayback Machine saytida 2014-02-22 sanasida arxivlangan)

Havolalar tahrir