Miskin (taxallusi; asl ismsharifi Gʻulomxalil Toshmuhammad oʻgʻli), (1880—Toshkent—1937) — shoir. Otasi temirchilik, mixchagarlik bilan shugʻullangan. Balandmachitdagi maktabda, soʻng "Koʻkaldosh" madrasasida oʻqigan. Dastlabki sheʼrlari muhabbat mavzuida. Koʻp oʻtmay, sheʼriyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uygʻonishida katta xizmat qilgan "Shuhrat" gaz.ni sheʼr bilan quvvatlab chiqqan.

M. sheʼrlarida xalq ommasini asriy jaholatdan uygonishiga chaqirgan. Xalqqa erk va ozodlik ruhini singdirish, ularni haq-xuququchun kurashga uygʻotishda oʻz hissasini qoʻshgan. M.ning avtobi-ografik sheʼrlari shoir hayotining ogʻir va murakkab kechganini koʻrsatadi.

M. sheʼrlaridan 2 devon tuzgan. 200 sahifadan koʻproq 1devondan 1925-yilgacha yozilgan va chop etilgan sheʼrlari joy olgan. Soʻnggi sheʼrlari esa 2devonda jamlangan boʻlib, 160—170 sahifani tashkil qilgan. Biroq ularning takdiri nomaʼlum. 70 ga yaqin sheʼrlarigina saqpangan. Ushbu sheʼrlar shoirning oʻz qalamiga, oʻz ovoziga ega boʻlgan, adabiyotimiz tarixida sezilarli iz qoldirgan isteʼdod so-hibi ekanligini koʻrsatadi. Sheʼrlari shu paytga qadar toʻplangan, oʻrganilgan emas. Toshkentda M. nomida koʻcha va mahalla bor.

Adabiyot tahrir

  • Asrlar nidosi, T., 1982; Qosimov B., Salom, kelajak, T., 1986.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil