Miskin (musiqa)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Miskin (arab. — faqir, bechora, baxtsiz) — maqom uslubi va shakllarida yaratilgan turkumli kuy va ashula yoʻllari. Oʻtmishda yashab ijod etgan bastakorning taxallusi bilan atalgan. Turkum 5 qismdan iborat boʻlib, uning I, II va V qismlari "M." III—IV qismlari "Adoiy I—II" nomi bilan mashhur. Ular tovushqatori, lad tuzilishi hamda kuy-ohanglari jihatidan oʻzaro yaqin boʻlsada, asosan, usul zamini bilan farqlanadi. Jumladan, "M.I" nasr, "M.P" soqiynoma, "M.III" ("Adoiy 1") chapandoz, "M.IV" ("Adoiy II") tarona usullaridan birida, "M.V" ufar doira usullarida keladi. "M." yoʻllari ifodali, taʼsirchan, xilma-xil kayfiyat bagʻishlovchi badiiy barkamol asarlar sifatida gavdalanadi. Ular cholgʻu va ashular tarzida ijro etiladi. "M." ashula yoʻllaridan "Farhod va Shirin" musiqali dramasida (Xurshid, V. Uspenskiy, 1934—36) foydalanilgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |