Miskin Qilich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Miskin Qilich (taxallusi; asli ismi Mulla Qilich; taxminan 1847, Xiva — 1906, Goʻron) — turkman xalq shoiri, bastakor va sozanda. Buxoro madrasasida tahsil olgan. Shoirning qoʻshiqlari xalq oʻrtasida shuhrat topgan. Uning qoʻlyozmalari saqlanmagan, 100 ga yaqin ishqiy, axloqiy, ijtimoiy mavzulardagi qoʻshiklari, "Botir Na-pis", "Bekzoda Qurbon", "Tovqi" dostonlari shogirdlari va xalq qoʻshiqchilaridan yozib olingan. "Topmadim", "Nishon", "Oppoqqina", "Gʻamzang oʻqi", "Dogʻlar", "Yangligʻ" singari sheʼrlarida xalqning ogʻir ahvoli tasvirlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |