Misr Qirolligi (arab. المملكة المصرية) — Qirollikning paydo boʻlishi Britaniya tomonidan 1914-yildan beri amalga oshirilgan protektoratdan Misrga mustaqillik bergan Buyuk Britaniya tufaylidir. 19-asrda Misr 1882-yildan beri Britaniya imperiyasi tomonidan bosib olingan va nazorat qilingan, oʻshandan beri ingliz qoʻshinlari Xadiv rejimini kuchayib borayotgan millatchilikka qarshi mustahkamlash uchun bostirib kelinyotgan edi. Bu oʻsha paytda hali ham nominal jihatdan Usmoniylar imperiyasining bir qismi boʻlgan Misrni Britaniya harbiylari bosib olishining boshlanishi edi. 1914-yilda Usmoniylar imperiyasining urush eʼlon qilishi natijasida Angliya Misr ustidan protektorat eʼlon qildi va inglizlar Xadivni agʻdarib, uning oʻrniga boshqa oila aʼzosi Husayn Komilni taxtga oʻtkazib, Misrning sultoni boʻldi. Uning vorisi Sulton Fuod I yangi davlatning birinchi qiroli boʻldi. 1936-yilda uning o‘rniga o‘g‘li Foruq o‘tirdi. 1953-yilda monarxiya rasman tugatilib, Misr Respublikasi tashkil topdi.

Misr Qirolligi
(arab. المملكة المصرية)
Location of Misr Qirolligi
Poytaxt Qohira
Eng katta shahar Qohira, Iskandariya
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Konstitutsion Monarxiya
• Qirol
Afrika I
• Tashkil Topgan
1922-yil 28-fevraldan
• Tugatilgan
1953-yil 18-iyungacha
Maydon
• Butun
994 000 (1937-yil) km2
Aholi
• 1947-yilgi roʻyxat
19 090 447
Pul birligi Misr funti
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Misr sultonligi
Misr Respublikasi

Tarixi tahrir

1914-yilda Xadiv Abbos II Birinchi jahon urushida Usmoniy imperiyasi va toʻrtlar ittifoqi tomoniga o‘tdi va inglizlar tomonidagi tog‘asi Husayn Komil foydasiga tezda taxtdan voz kechdi. 1805-yildan buyon huquqiy tomondan Misr ustidan Usmoniy hukmronligi endi rasman tugatildi, Husayn Komil Misr sultoni deb eʼlon qilindi va mamlakat Britaniya protektoratiga aylandi.

Birinchi jahon urushidan keyin tahrir

“Vafd” (“delegatsiya” degan ma’noni anglatadi) nomi bilan mashhur bo‘lgan guruh 1919-yilgi Parij tinchlik konferensiyasida Misr mustaqilligini talab qilish uchun qatnashdi. Guruh tarkibiga siyosiy yetakchi, keyinchalik Misr bosh vaziri bo‘lgan Saad Zag‘lul ham bor edi. Guruh hibsga olinib, Malta oroliga surgun qilinganida, Misrda qoʻzgʻolon koʻtarildi.

1919-yil martdan aprelgacha - Misr boʻylab ommaviy namoyishlar va ish tashlashlar, liberal-millatchi Vafd partiyasining siyosiy rahbarlarini qoʻllab-quvvatlovchi fuqarolik itoatsizligining zoʻravonliksiz harakatlari boʻlib oʻtdi. Ommaviy noroziliklarda britaniya qatagʻonlari 800 ga yaqin odamning oʻlimiga olib keldi. 1919-yil noyabr oyida Alfred Milner boshchiligidagi komissiya vaziyatga vositachilik qilish uchun Misrga yuborildi. 1920-yilda Lord Milner Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Lord Kerzonga oʻz hisobotini taqdim etdi va protektoratni ittifoq shartnomasi bilan almashtirishni tavsiya qildi.

Natijada, Kerzon Zagʻlul va Adli Posho boshchiligidagi Misr missiyasini muhokama qilish uchun qabul qilishga rozi boʻldi. Missiya 1920-yil iyun oyida Londonga keldi va shartnoma 1920-yil avgustida tuzildi. 1921-yil fevral oyida Britaniya parlamenti kelishuvni maʼqulladi va Misrdan yakuniy shartnoma tuzish vakolatiga ega boʻlgan yana bir missiyani Londonga yuborish soʻraldi. 1921-yil iyun oyida kelgan bu missiyani Adli posho boshqardi. Biroq, 1921-yilda boʻlib oʻtgan konferensiya delegatlari Suvaysh kanali zonasi ustidan nazoratni saqlab qolish muhimligini taʼkidladilar va Kerzon Vazirlar Mahkamasini Adli Posho qabul qilishga tayyor boʻlgan har qanday shartlarga rozi boʻlishga koʻndira olmadi. Missiya Misrga qaytib keldi.

1921-yil dekabr oyida Qohiradagi Britaniya hukumati harbiy holat joriy etdi va Zag‘ulni yana deportatsiya qildi. Namoyishlar yana zo'ravonlikka olib keldi. Millatchilikning kuchayishini inobatga olib, Oliy komissar Lord Allenbining taklifiga binoan Britaniya 1922-yilda Misr mustaqilligini tan oldi, protektoratni bekor qildi va Misr sultonligini Misr Qirolligiga aylantirdi. Sarvat posho bosh vazir boʻldi. Biroq, Britaniya taʼsiri Misrning siyosiy hayotida hukmronlik qilishda davom etdi va moliyaviy, maʼmuriy va hukumat islohotlariga yordam berdi. Britaniya kanal zonasi, Sudan va Misr mudofaasini nazoratini saqlab qoldi.

Vafd partiyasidan vakil bo'lgan Zagʻlul 1924-yilda bosh vazir etib saylandi. U Buyuk Britaniyadan Misrning Sudan ustidan hokimiyatini va Nil vodiysi birligini tan olishni talab qildi. 1924-yil 19-noyabrda Britaniyaning Sudan general-gubernatori Ser Li Stak Qohirada o‘ldirildi, Sudanda Misr tarafdorlari g‘alayonlari boshlandi. Zag‘ul birinchisiga rozi bo‘ldi, ikkinchisiga rozi bo‘lmadi va iste’foga chiqdi.

Misrning mustaqillikka erishishdagi qiyinchiliklari tahrir

Millatchilik kayfiyatining kuchayishi bilan Buyuk Britaniya 1922-yilda Misr mustaqilligini rasman tan oldi va Sulton Husayn Komilning vorisi Sulton Fuod I sultonlik unvonini qirollikka oʻzgartirdi.

Biroq, inglizlarning okkupatsiyasi va Misr ishlariga aralashuvi davom etdi. Misrda Britaniyaning Misrni Sudanni boshqarish huquqidan mahrum qilishga urinishlari alohida tashvish uygʻotdi. Misr hukumati, oʻz navbatida, qirol Fuod I va uning oʻgʻli Foruq I “Misr va Sudan qirollari” ekanini taʼkidladi. Inglizlar Sudanni Angliya-Misr kondominiumi deb eʼlon qilgan boʻlsa-da, rasman Britaniya va Misr qoʻshma boshqaruvi ostidagi hudud haqiqiysidan koʻra rasmiyroq edi. Bu pozitsiya misrliklar tomonidan ham hukumat, ham keng jamoatchilik tomonidan "Nil vodiysining birligini" talab qilgan holda doimiy ravishda rad etildi. Misr va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi tortishuv va dushmanlik 1956-yilda Sudan mustaqillikka erishgunga qadar davom etdi.

  • 1922—1923-yillar — Tutanxamon qabrini qazilishi.
  • 1923-yil — parlament faoliyatini taʼminlovchi konstitutsiyaning joriy etilishi.
  • 1924-yil — Vafd partiyasining saylovlarda gʻalaba qozonishi, uning rahbari Saad Zagʻlul bosh vazir boʻldi va shu yilning 26-yanvaridan 24-noyabrigacha bu lavozimda ishladi.
  • 1928-yil martda — Ismoiliyada (Misr) oʻqituvchi Hasan al-Banna tomonidan "Musulmon birodarlar" arablararo diniy-siyosiy birlashmasiga asos solindi. Keyinchalik assotsiatsiyaning Suriya, Falastin, Iroqda boʻlimlari boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi oxirida 500 mingga yaqin odam aʼzosi bor edi.

Fuodning hukmronligi Misr uchun rasmiy emas, balki toʻliq mustaqillikni talab qilgan Vafd partiyasi bilan qarama-qarshilik bilan ajralib turdi. 1930-yilda qirol hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Fuod I 1923-yilgi konstitutsiyani bekor qilib, uni yangi 1935-yilda qabul qilingan konstitutsiya bilan almashtirdi, unda parlament faqat maslahatchi rol oʻynadi, ammo keng tarqalgan jamoatchilik noroziligi tufayli u avvalgisini qaytarishga majbur boʻldi.

  • 1936-yil mayda — Bosh vazir Ali Mohir tomonidan parlament saylovlari boʻlib, unda Vafd partiyasi gʻalaba qozondi. Partiya rahbari Mustafo an-Nahhos bosh vazir boʻldi.
  • 1936-yil — Angliya-Misr shartnomasiga ko'ra, Misr toʻliq mustaqil davlat boʻldi, ammo Britaniya qoʻshinlari 1956-yilgacha yana 20 yil Suvaysh kanali zonasida qoladigan boʻldi (oʻsha yili shartnoma qayta koʻrib chiqilishi kerak edi yoki uzaytirilishi mumkin edi).

Mustaqil boshqaruv boshlangandan soʻng, 17 yoshli qirol Foruq mashhur va nufuzli millatchi Vafd partiyasi va uning rahbari, Bosh vazir Mustafo an-Nahhos bilan qarama-qarshilikga bordi.

1937-yil dekabrda Foruq an-Nahhosni lavozimidan chetlatdi va yangi hukumatni tayinladi, 1938-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlari Vafd tomonidan boykot qilindi.

Ikkinchi jahon urushi va undan keyin tahrir

  • 1939—1945-yil — Misr Ikkinchi jahon urushida

Hukmronligining boshida Foruq inglizparast siyosat olib bordi; Misr 1922-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan boʻlsa ham, ikkinchisi mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotiga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Bu holat 1936-yilgi Angliya-Misr shartnomasida rasman mustahkamlangan bo‘lib, u Misrni mohiyatan Britaniya harbiy bazasiga aylantirilgan edi. Ikkinchi jahon urushi paytida Britaniya kuchlari Misrdan ittifoqchilarning mintaqadagi operatsiyalari uchun baza sifatida foydalangan.

Shunga qaramay, Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga kelib, qirol va uning bosh vaziri Ali Mohir Uchlar ittifoqiga xayrixoh edi. 1939-yil 18-avgustda Ali Mohir podshoh topshirig‘iga ko‘ra “Saroy Kengashini„ tuzdi. Unda na oʻz partiyasi, na parlamentda deputati bor edi.

Shunga qaramay, 1939-yil 1-sentabrda, Ikkinchi jahon urushi boshida Mohir 1936-yilgi Angliya-Misr shartnomasini bajarib, Germaniya bilan diplomatik aloqalarni uzib, Misr harbiy gubernatori vazifasini oʻz zimmasiga oldi. Biroq, Misr Germaniyaga urush eʼlon qilmagan va uning qurolli kuchlari Gitlerga qarshi koalitsiyadagi ittifoqchilar qoʻshinlari tarkibiga kirmagan edi. Misr armiyasi bosh shtabi boshligʻi general Aziz al-Masri (Misrning SSSRdagi boʻlajak elchisi) Britaniya qoʻmondonligini Siva vohasidagi operatsiyalarda qatnashish uchun Misr qiruvchi samolyotlari va qoʻshinlari bilan taʼminlashdan bosh tortdi. Masri G‘arbiy cho‘lni mudofaa qilish bo‘yicha Britaniya rejasini Italiya qo‘mondonligiga topshirgani ma’lum bo‘lgach, Buyuk Britaniya uni olib isteʼfosini talab qildi, biroq Mohir faqat generalni noma’lum muddatga ta’tilga yubordi.

1940-yil 10-iyunda Italiya jahon urushiga kirganidan soʻng, Mohir Misrdagi italyan subyektlari masalasini koʻrib chiqdi, Italiya bilan diplomatik munosabatlarni uzishdan bosh tortdi va 28-iyunda isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va Hasan Sabri koalitsion hukumatiga yoʻl berdi.

1942-yil fevral oyida Misrning Shimoliy Afrika kampaniyasida muhim strategik mavqei bilan bogʻliq vazirlar inqirozidan soʻng, Britaniya hukumati Misrdagi elchisi ser Mayles Lempson orqali Foruqdan Bosh vazir Husayn Serri Poshoni ishdan boʻshatishini va Vafdga asoslangan hukumatni tayinlashni talab qildi. Foruq an-Nahhosni hukumat boshlig‘i etib tayinlashdan bosh tortganida, 1942-yilning 4-fevraliga o‘tar kechasi ingliz qo‘shinlari va tanklari Qohiradagi Abdin saroyini o‘rab olishdi va Lempson Foruqga ultimatum qo‘ydi: yo Vafd hukumatini tayinlash, ya’ni mos keladigan Vafd hukumatini tayinlash yoki taxtdan voz kechishni talab qilishdi.

Foruq taslim boʻldi va koʻp oʻtmay an-Naxxos hukumat tuzdi.

Biroq, Foruq 1944-yilda an-Nahhosni bosh vazirlikdan olib tashlashga muvaffaq boʻlganidan keyin Misr 1945-yilgacha Uchlar ittifoqiga urush eʼlon qilmadi.

Biroq, qirol Foruqning kamsitilishi, Vafdning inglizlar bilan ularning hokimiyat tepasiga kelishi uchun hamkorlik qilish harakatlari, tinch aholi orasida va eng muhimi, Misr harbiylari orasida inglizparast kuchlar va vafdlarni qoʻllab-quvvatlashni tufayli obroʻsi tushdi.

1947 yilda Britaniya qoʻshinlari Suvaysh kanali hududiga olib kirildi, ammo urushdan keyin millatchilik, Britaniyaga qarshi tuygʻular kuchaydi.

  • 1945-yil 22-martda — oltita mustaqil arab davlati vakillari Qohirada Arab davlatlari ligasini tuzdilar.
  • 1948 yil — Arab-Isroil urushi (1947-1949). Misrning mag'lubiyati.
  • 1951-yil 15-oktabrda — Misr parlamenti 1936-yildagi Angliya-Misr shartnomasini va 1899-yildagi Angliya-Misr oʻrtasidagi Sudan boʻyicha kelishuvni bekor qilish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi. Uch yil oʻtgach, Buyuk Britaniya oʻz qoʻshinlarini Suvaysh kanali zonasidan olib chiqishga rozi boʻldi. Britaniya qoʻshinlarini olib chiqib ketish Misrning toʻliq mustaqilligiga boʻlgan huquq sifatida qaraldi.

Iyul inqilobining birinchi qadamlari (1952-yil) tahrir

Qirol Foruq hukmronligining tugashi Britaniya istilosidan, qirollik korrupsiyasidan va qobiliyatsizligidan, 1948-yilgi arab-isroil urushining halokatli natijalaridan tobora kuchayib borayotgan millatchilarning noroziligi bilan tavsiflanadi. Bu omillarning barchasi oxir-oqibat Foruq qirollik rejimining mavqeini buzdi va inqilobga yoʻl ochdi.

  • 1952-yil 22-23-iyulda - Muhammad Najib va ​​Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi “Ozod ofitserlar„ harakati qirol Foruqni taxtdan agʻdardi, harbiylar uni 1948-yilda Isroil bilan urushning muvaffaqiyatsizligida aybladi va shu tariqa 1952-yilgi Misr inqilobi boshlandi.

Foruq qirol Fuod II boʻlgan kichik oʻgʻli Ahmad Fuod foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻldi, mamlakat hukumati Ozod zobitlar harakati qoʻliga oʻtdi.

Xalqning zudlik bilan islohot qilish haqidagi umidlari 1952-yil 12-avgustda Kafr Davarda mehnat tartibsizliklariga olib keldi, natijada ikkita oʻlim jazosii chiqarildi.

Yosh bolaning qirollik hukmronligi, sof qonuniy jihatdan, bir yildan kamroq davom etdi. Fuqarolik boshqaruvi boʻyicha qisqa tajribadan soʻng “Ozod zobitlar” harakati 1953-yilgi konstitutsiyani va monarxiyani rasman bekor qildi va 1953-yil 18-iyunda Misrni respublika deb eʼlon qildi, bu bilan Muhammad Alining bir yarim asrlik sulolasi tugadi.

Nosir nafaqat Misrda, balki arab dunyosida ham “arab sotsializmi” g‘oyasini ilgari suruvchi va amalga oshiruvchi xarizmatik liderga aylandi.

Adabiyotlar tahrir

  • Китайгородский П. Египет в борьбе за независимость. ― М., 1925.
  • Подорольский Н. А. Египет и Англия. ― Одесса, 1925.
  • Трояновский К. Современный Египет. ― М., 1925.
  • Вейт Е. Египет. — М., 1928.
  • Шами А. Египет. — М., 1931.
  • Луцкий В. Б. Англия и Египет. ― М., 1947.
  • Кильберг Х. И. Египет в борьбе за независимость: антиимпериалистическое национально-освободительное движение 1918—1924 гг. ― Л., 1950.
  • Голдобин А. М. Египетская революция 1919 года. — Л., 1958.
  • Петров К. Англо-египетский конфликт 1924. — В кн.: Арабские страны. История. ― М., 1963.
  • Новейшая история арабских стран (1917—1966). — М., 1968.
  • Новейшая история арабских стран Африки (1917—1987). — М., 1990.
  • Кошелев В. С. Египет: от Ораби-паши до Саада Заглула, 1879—1924. — М., 1992.
  • Бурьян М. С. Египет во внешней и колониальной политике Великобритании в 20-х гг. XX в. — М., 1994.
  • Густерин П. Советско-египетские отношения в 1920—30-х годах // Вопросы истории. — 2013, № 3.