Misr Xadivligi (arabcha: الخديوية المصرية, usmonli turkcha: خدیویت مصر, Hıdiviyet-i Mısır) — Muhammad Ali sulolasi tomonidan asos solingan va boshqarilgan Usmonli imperiyasi qoshidagi muxtor vassal davlat.

Misr Xadivligi
arabcha: الخديوية المصرية
usmonli turkcha: خدیویت مصر

Usmonlilar imperiyasining vassal davlati

 

1867 — 1914



Bayroq Gerb
Madhiya
misrcha: سلام أفندينا
Salam Affandina

Misr va uning XIX asrdagi kengayishi.
Poytaxti Qohira
Yirik shaharlari Qohira, Iskandariya
Til(lar)i Arabcha, Usmonli turkcha, Qibtiycha, Inglizcha va fransuzcha
Dini Sunniylik va Xristianlik
Pul birligi Misr funti
Tarixiy davr Afrikaning mustamlakachilik bosqini
Maydoni 5 000 000 km²
Aholisi 11 287 000 kishi (1907)
Boshqaruv shakli Konstitutsiyaviy monarxiya
Sulola Muhammad Ali sulolasi
Xadivlar
 - 1867—1879 Ismoil posho
 - 1879—1892 Tavfiq posho
 - 1892—1914 Abbos II
Britan Bosh konsullari
 - 1883—1907 Evelin Bering (Kromer)
 - 1907—1911 Eldon Gorst
 - 1911—1914 Gerbert Kitchener
Bosh vazirlar
 - 1878—1879 (birinchi) Nubar posho
 - 1914 (oxirgi) Husayn Rushdi posho
Tarix
 - Tashkil topgan 1867-yil 8-iyun
 - Suvaysh kanali ochilishi 1869-yil 17-noyabr
 - Orobibey qoʻzgʻoloni 1881—1882-yillar
 - Angliya-Misr urushida inglizlar bosqinchiligi 1882-yil iyul — sentyabr
 - Sudan konvensiyasi 1899-yil 18-yanvar
 - Tugatilishi 1914-yil 19-dekabr

Tarixi

tahrir

Muhammad Ali

tahrir

1517-yilda Mamlyuklar sultonligi bosib olindi va Usmonlilar imperiyasi tomonidan qoʻshib olindi. Suriya, Hijoz, Barqa Misrdan ajralib, Misrning oʻzi eyalet sifatida boshqarila boshlandi. Koʻp vaqt davomida markaziy Usmonli hukumati hududni e’tiborsiz qoldirdi, bu esa Misrning 1798-yilda qisqa vaqt ichida ingliz-fransuz manfaatlari uchun kurash maydoniga aylanishiga olib keldi.

1805-yildan boshlab Istanbul tomonidan tasdiqlangan yangi gubernator-voliy Muhammad Ali chet ellik, asosan, fransuz maslahatchilaridan foydalangan holda bir qator islohotlarni amalga oshira boshladi; Misrni mustaqil davlatga aylantirdi. Misr “noibi” ning kuchi va mustaqilligi, yevropaliklar uni atashganidek, nihoyatda oshdi. Uning Usmonli imperiyasiga qaramligi faqat soliq va fuqarolikning tashqi belgilarida ifodalangan; Yevropa hukumatlari u bilan mustaqil monarx kabi muzokaralar olib bordi. Muhammad Ali Misrda hayot tarzini o‘zgartirgan qator islohotlarni amalga oshirdi. U eski intizomsiz qo‘shinni tarqatib yubordi, bo‘ysunishga odatlangan fallohiylardan yangi qo‘shin tuzdi va uni Yevropa namunasi bo‘yicha tashkil qildi. U qoʻshinini diviziyalarga boʻlib chiqdi. Uning soni ba’zan 160 000 kishiga yetdi. U bilan u Nubiya, Sennar va Dongolani zabt etdi.

Misr katta strategik ahamiyatga ega edi, chunki Oʻrta yer dengizidan Suvayshgacha boʻlgan quruqlik yoʻli u orqali oʻtgan edi. Shuningdek, Muhammad Ali faqat Voliy unvoni berilganiga qaramay, oʻzboshimchalik bilan oʻzini hadiv deb eʼlon qildi. Shunga qaramay, gʻazablangan Usmonli hukumati Ali 1831-yilda Usmonli Suriyasiga bostirib kirguniga qadar hech narsa qilmadi. Yunonistonning mustaqillik urushi davridagi yordami uchun Mahmud II unga Suriyani boshqarishni va’da qildi, ammo urush tugaganidan keyin unvonni tan olmadi va keyin inglizlar bilan ittifoq tuzib, qoʻldan boy berilgan Suriyani qaytarib olish maqsadida misrliklarga hujum qildi.

1840-yilda inglizlar Bayrutni bombardimon qildilar va ingliz-usmonli qoʻshinlari Akrga tushdi va uni egallab oldi. Misr armiyasi vataniga chekinishga majbur boʻldi; 1840-yilgi London konvensiyasi natijasida Muhammad Ali gubernator boʻlgan Sudandan tashqari egallab olgan barcha hududlarni qaytarib berdi.

1848-yilga kelib Muhammad Ali qarilik yoshga yetdi va Usmonli sultoni hokimiyatni oʻgʻli Ibrohim poshoga topshirishga qaror qildi. Biroq, bir necha oy oʻtgach, Ibrohim posho sil kasalligidan vafot etdi va 1849-yilda vafot etgan otasidan qisqa umr koʻrdi.

Misrning asoratga solinishi. Misrda Orabibey boshchiligidagi ozodlik harakati

tahrir

Misrning XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi tarixi Turkiya hukmronligidan ozod boʻlish va ingliz mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash bayrogʻi ostida oʻtgan oʻzgarishlar davri boʻldi. Misr arablari milliy ozodlik harakatining asosiy kuchlari quyi va oʻrta unvonli harbiylar, sarmoyador savdo ahli, ruhoniylarning ilgʻor qatlami, ziyolilar hamda qoʻshinga askar sifatida olingan Misr dehqonlari — fallohlar edi. Xalq ommasi ijtimoiy jihatdan yaxshi uyushmagan edi. Shu sababli armiya tashkiliy uyushgan kuch sifatida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Musulmon ruhoniylardan al-Azhar madrasasida mudarris boʻlgan Jamoliddin al-Afgʻoniy va uning shogirdlari milliy ozodlik harakatida katta obroʻ qozondilar. Turkiya zulmiga qarshi birlashuvga, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishiga, islom dinini zamon ruhida isloh qilish gʻoyalariga amal qilishga chaqirdilar. 1871-yilda Jamoliddin al-Afgʻoniy tomonidan “Hizb ul-Vatan” partiyasi tuzildi. Bu partiya chet elliklarga qarshi “Vatan misrliklarniki” shiori ostida ish koʻrdi.

Uzoq muddat maosh olmagan zobitlar ish haqlarini yevropaliklarga tobe hukumatni agʻdarishni talab qilishdi. Misrning Turkiya tomonidan qoʻyilgan hokimi — Xadiv Ismoil hukumatni oʻz qoʻliga oldi. Usmonlilar bilan aloqalar rasmiylashtirildi va Sulton Ismoilning Hadivlik unvonidan foydalanishini tan oldi. Hadivlik Usmonlilarga faqat rasmiy ravishda qaram boʻlib qoldi. Usmonlilar Suakin (Sudan) va Massaua (Eritreya) portlarini Misrga topshirdilar. Misr oʻz kuchini Qizil dengizning gʻarbiy qirgʻogʻi boʻylab Guardafuy burnigacha kengaytirdi. Hadivlik 1875-yilda Habashistonni bosib olishga urindilar, ammo urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Haddan tashqari koʻp xarajatlar 1876-yilga kelib Misrning 94 million funt sterlinglik tashqi qarziga ega boʻlib, uni toʻlab boʻlmasdi. Hadiv Ismoil Suvaysh kanali kompaniyasi aksiyalarining Misr qismini (45%) Angliya hukumatiga sotdi, ammo bu vaziyatni saqlab qolmadi, bu esa uni 1876-yil 8-aprelda Misrning davlat bankrotligini e’lon qilishga majbur qildi. Yevropa kreditorlari (ingliz va fransuz kreditorlari) Misrning harajatlari va daromadlarini nazorat qila boshladilar. Kreditorlar shunday xulosaga keldilarki, bunday boshqaruv tizimi bilan qarzni toʻlab boʻlmaydi deb xulosaga kelishdi va Ismoil hukumatiga oʻz vakillarini kiritishiga majbur qildilar. “Vatan” partiyasi vakili Sharif Bosh vazir etib tayinlandi. Unga Konstitutsiya tuzish topshirildi. Yangi soliqlar oʻrnatildi, bu esa aholining noroziligiga sabab boʻldi.

Bunga javoban, Misrdagi demokratik oʻzgarishlardan choʻchigan Angliya, Fransiya, Germaniya Turkiyaga tazyiq qildilar. Turk sultoni 1879-yil 25-iyunda Ismoilni olib tashlab, oʻrniga uning oʻgʻli Tavfiqni qoʻydi. Sharif tuzgan Konstitutsiyani Tavfiq rad etdi. Demokratik ozodlik harakati ancha toʻsqinliklarga uchradi. 23-sentyabrda Sharif isteʼfoga chiqdi va oʻrniga Riyoz posho keldi. Lekin bu vaqtincha edi. 1881-yili vatanparvar Misr zobitlarining rahbari Ahmad Orabibey al-Husaynni qamash haqida Farmon chiqdi.

Lekin harbiy garnizon bunga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi. Reja yuzaga chiqmadi. Harbiy vazir Mahmud Sami al-Barudiy isteʼfoga chiqarildi. Uning ishdan boʻshatilishiga qarshi Ahmad Orabibey 4 ming qoʻshin bilan hukumat saroyini oʻrab olib, islohotlar oʻtkazishni talab qildi. Riyoz posho isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Oʻrniga Muhammad Sharif Bosh vazir boʻldi. Butun Misr siyosiy kurashlar maydoniga aylandi.

Yangi saylovlar oʻtkazildi. 1866-yilgi saylov qonuniga muvofiq, mulk meʼyori (senzi) qoidasiga amal qilindi. 82 deputatning barchasi eng boy-badavlat kishilardan iborat boʻlib chiqdi. Sharif Konstitutsiyasi yana rad etildi. Masalan, unda “qonunlarni ijro etish Xadiv qoʻlida qolsin, parlament Xadivga boʻysunishi kerak” kabi qoidalar bor edi. “Vatanchilar esa “Xadiv parlament oldida javobgar boʻlsin”, degan talabni qoʻydilar. Ahvol tanglashdi. Sharif isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Barudiy Bosh vazir, Ahmad Orabibey esa Harbiy vazir etib saylandi. 1882-yil 7-fevral kuni Xadiv yangi qonunga imzo chekdi. Unga koʻra hukumat Deputatlar palatasiga boʻysunadigan, parlament byudjet ustidan nazorat qilish huquqini oldi, birorta qonun Deputatlar palatasi ruxsatisiz qabul qilinmaydigan boʻldi. Bularning hammasi yangicha parlament tuzumiga oʻtish yoʻlidagi ulkan gʻalaba edi.

Ahvol tanglashdi. Sharif isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Barudiy Bosh vazir, Ahmad Orabibey esa Harbiy vazir etib saylandi. 1882-yil 7-fevral kuni Xadiv yangi qonunga imzo chekdi. Unga koʻra hukumat Deputatlar palatasiga boʻysunadigan, parlament byudjet ustidan nazorat qilish huquqini oldi, birorta qonun Deputatlar palatasi ruxsatisiz qabul qilinmaydigan boʻldi. Bularning hammasi yangicha parlament tuzumiga oʻtish yoʻlidagi ulkan gʻalaba edi.

Misrdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi Angliya va Fransiya harbiy flotlari yetib keldi. Ular Misr hokimi va hukumatiga ultimatium yuborib, amaldagi hukumatni tarqatishni. Orabibeyni surgun qilishni talab qilishdi. Tavfiq hukumatni tarqatishga farmoyish berdi. Biroq, bu farmoyishga qarshi mamlakatda namoyishlar boshlanib ketdi.

Tavfiq Ahmad Orabibeyni vazifasiga tiklashga majbur boʻldi. Xadiv va uning tarafdorlari boʻlgan yirik mulkdorlar, sobiq Bosh vazir Sharif va boshqalar Iskandariyaga qochib ketib, oʻzlarini inglizlar qoʻliga topshirdilar. Angliya Misrni yolgʻiz oʻzi bosib olishni niyat qilgan edi. Shuning uchun fransuzlar flotini qaytib ketishga majbur qildi. 1882-yil 11- iyul kuni inglizlar Iskandariyani toʻplardan oʻqqa tutdilar. Britaniya desanti shaharni egalladi. Ahmad Orabibey ishdan olinib, “isyonkor” deb eʼlon qilindi.

Bunga qarshi Ahmad Orabibey Qohirada oliy davlat organi vazifasidagi Muvaqqat kengash tuzdi. 60 ming kishilik qoʻshin toʻpladi. Murakkab vaziyatda Ahmad Orabibey baʼzi xatolarga yoʻl qoʻydi. Shimolga kuch tashlab Sharqiy qirgʻoq (Suvaysh tomoni)ni himoya qilishga ulgurmadi. Orabibey Suvaysh kanalini betaraf zona deb hisoblovchi qonun borligi tufayli qatʼiyatsizlik qildi. Bu qonunni urush holatida buzib boʻlsa ham, Suvayshni himoya qilish kerak edi. Inglizlar bu boʻshanglikdan darhol foydalanib. 1882-yil 7-avgustda Suvayshni bosib oldilar. Ingliz qoʻmondonligi Qohiraga yurish boshladi. 1882-yil sentyabrda Misr qoʻshinlari yengildi. Qoʻzgʻolonchilarning koʻpi qirib tashlandi, polkovnik Ahmad Orabibey umrbod Seylon oroliga surgun qilindi. Muvaqqat hukumat taslim boʻldi. Shunday qilib, Misr inglizlar mustamlakasiga aylandi.

Misr Angliya mustamlakasi ostida

tahrir

Angliya Misrda Usmonli turk imperiyasi hokimiyatini rasman tugatmadi. Misr xadivlari sulolasi, Vazirlar kengashi nomiga boʻlsa ham saqlandi. Misr tashqi qarzlarini toʻlash boʻyicha Germaniya va Rossiya komissarliklari tuzildi. Moliya ustidan nazorat toʻlaligicha ingliz maslahatchilariga oʻtdi.

1888-yil 29- dekabrda Istanbulda Suvaysh kanalidan foydalanish boʻyicha Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Fransiya davlatlari konvensiya imzoladilar. Unga koʻra kanaldan barcha davlatlar xoh urush, xoh tinchlik paytida erkin foydalanish huquqini olishdi. Kanalni qoʻriqlash vazifasi Misrga topshirildi.

Angliya Misrda “agent, Bosh konsul” lavozimiga ega oʻz noibini tayinladi, 1883—1907-yillarda Kromer shu lavozimda edi. Misr armiyasi qayta tuzildi. Uning barcha oliy ofitserlari inglizlardan iborat edi. Misr politsiyasi ham shu tarzda yangilandi. Angliya noibidan tashqari, har bir vazirlik, hatto viloyat hokimlari qoshida ingliz nazoratchilari bor edi. Sugʻorish inshootlarini inglizlar oʻz qoʻllariga oldilar.

Angliya Misrni talash, xalqini ekspluatatsiya qilishning turli yoʻllarini ishga soldi. 1902-yili Asvon toʻgʻoni va suv ombori qurildi. Yil boʻyi sugʻorish ishlari yoʻlga qoʻyildi. Paxtachilik oʻsdi. Uzun tolali qimmatbaho Misr paxtasi yetishtirila boshlandi. Bu tadbirlar biryoqlamali boʻlib, sizot suvlarning hamda tuzlarning koʻtarilishiga olib keldi. Dehqonchilik qiyin ahvolda qoldi. Monokultura tufayli qishloq xoʻjaligining paxtadan boshqa sohalari xonavayron boʻldi. Shunga qaramay, Misrda mahalliy burjuaziya shakllanib, savdo va qishloq xoʻjaligiga kapitalistik munosabatlar kirib kela boshladi.

1882-yildan keyin Misrda ijtimoiy harakatlar markazi dastlab bosqinchilarga qarshi siyosiy kurash yoʻlini rad etuvchi ma’rifatparvar Muhammad Abdo atrofida toʻplandi. U islom dinini zamonaviylashtirish, Misr hayotini yevropalashtirish gʻoyasini ilgari surdi. Ikkinchi oqim boshida esa Mustafo Komil turdi. Bu oqim mustamlaka tizimini yoʻqotish, konstitutsiyaviy davlat talabi bilan chiqdi. Lekin keng xalq ommasiga suyanmagan bu harakat tor milliy burjuaziya va ziyolilar bilan cheklandi. Ahmad Lutfi Sayid boshliq oqim esa vatanparvarlik gʻoyalari uchun kurashib, xalqning ongini koʻtarishga, qadimgi Misr madaniy merosini tiklashga harakat qildi. Uning fikrlari hozirga qadar hurmatga loyiq hisoblanadi.

Turli milliy ozodlik gʻoyalari ommaga taʼsir koʻrsatdi. 1906-yili Denshavay qishlogʻi dehqonlari inglizlarning zoʻravonligiga qarshi bosh koʻtardilar. Ularga qarshi qattiq jazo choralari koʻrilib, fallohlardan toʻrt kishi qatl etildi. “Denshavay voqealari” Misr xalqining milliy uy,gʻonishiga turtki boʻldi. Koʻplab namoyishlar, gʻalayonlar boʻldi. 1906—1907-yillarda Kromer (agent, Bosh konsul) oʻrnatgan va 1883-yildan boshlab hukm surgan mustamlaka tizimi larzaga keldi. Kromer Angliyaga chaqirib olindi.

Komil “Hizb ul-Vatan”ni (“Vatan” partiyasi) tuzdi. 1907-yil dekabr oyida Qohirada Milliy kongress partiyasi tuzildi. Uning hujjatlarida Misrning mustaqillik gʻoyasi aks etgan edi. Ahmad Lutfi Sayid “Hizb al-Umma” nomli partiya tuzdi. Bu partiya yana oʻz rahbarining maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan oʻralashib qoldi. Milliy ozodlik uchun kurashning faol tarafdori boʻlgan “Vatan” partiyasi inglizlar nazarida eng xavfli boʻlib chiqdi. Uni kuchsizlantirish uchun keskin choralar koʻrildi. “Vatan” partiyasi keng siyosiy kurash yoʻlidan yakka terror yoʻliga oʻtib ketdi. 1910—1912-yillarda uning aʼzolari bir qator reaksion vazirlarni oʻldirishdi. Bunga javoban tashkilotga hujum boshlandi. Uning faollari chet ellarga qochishga majbur boʻldi. Partiyaning “Al-Liva” (“Bayroq”) gazetasi taqiqlandi.

Ammo ozodlik harakati boshqa koʻrinishlarda davom etdi. Xususan, 1913-yilda qonun chiqaruvchi Majlisga saylov boʻlib, uning minbaridan ochiq kurash uchun foydalanildi. Majlis vitse-prezidenti Saad Zagʻlul demokratik, milliy ozodlik ruhidagi deputatlarni oʻz atrofida toʻplab, Majlis nomidan ingliz hukmronligiga qarshi hujjatni oʻtkazishga erishdi. Hujjatda inglizlarning mamlakatdan chiqib ketishlari talab qilingan edi. Bu ham oʻsha davr uchun katta yutuq edi.

Yana qarang

tahrir