Misr yozuvi — miloddan avvalgi 4ming yillikdan to milodiy 3—4 a.gacha qadimgi misr tili uchun xizmat qilgan soʻz-boʻgʻinli yozuv tizimi. Uning dastlabki asosini 500 dan ortiq iyeroglif (belgirasm) tashkil etgan boʻlib, ular tasavvuriy holda muayyan tushunchalar bilan bogʻlanib, tushunchalarni soʻzlarda ifodalaganlar. Bu davrdagi yozuvda, asosan, undoshlar ifodalanib, unlilar ixti-yoriy qoʻllangan. Keyinchalik, miloddan avvalgi 2-ming yillikdan boshlab Misr yozuvining iyeratik (muqaddas) turi yaratildi. Unda iyerogliflardan ham maʼlum darajada foydalanilgan bo'lsada, soʻzlarni yozishda fonetik maʼno va oʻxshashliklarga eʼtibor beriladi, asosan, tez yozish koʻzda tutiladi. Miloddan avvalgi 7-asrdan boshlab iyeratik yozuv asosida Misr yozuvining yangi tez yozuv usuli — demotika (xalqona tez yozuv) ishlab chiqildi. Demotik yozuvda belgilar anchagina soddalashtirilib, bir necha undoshni ifodalovchi belgilar kamaytirilib, ularning oʻrniga bir undoshni ifodalaydigan belgilar qoʻllana boshlagan. Demotik Misr yozuvi milodiy 3—4-asrlargacha qoʻllanib kelgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil