Misrdagi ta’lim tizimi

Misrda ta'lim tizimi ikki qismga bo'linadi:

tahrir

Birinchisi, asosiy ta'lim bo'lib, u uch bosqichlidir: 1. Boshlang'ich maktab (olti o'quv yilidan iborat) 2. O’rta maktab (uch o'quv yilidan iborat) 3. Yuqori maktab (3 o’quv yilidan iborat)

Ikkinchisi – oliy ta’lim bo’lib, u quyidagilardan iborat: 1. Bakalavr bosqichi; 2. Magistratura bosqichi; 3. Doktorantura bosqichi.

Davlat maktablari

tahrir

Umuman olganda, davlat maktablari ikki turga bo'linadi:

Arab maktablari: davlat ta'limi dasturlari arab tili yordamida o'qitiladi. Eksperimental maktablar: davlat ta'limi dasturlarida fransuz tili hamda ingliz tili yordamida o’qitiladi. Odatda, xususiy maktablar uch turga bo'linadi: Oddiy maktablar: o’quv dasturi davlat dasturlariga o’xshash bo’ladi, maktab moliyaviy tizimga asoslangani tufayli davlat maktablariga qaraganda o’quvchilarga ko'proq e’tibor berishadi.

Til maktablari: o’quv dasturlari davlat dasturlar kabi o’xshash bo’ladi, ingliz tilidan tashqari fransuz, nemis tillarida ham o’qitiladi.

Diniy maktablar: Bu maktablar musulmon birodarlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Bu maktablarda taqdim etiladigan o'quv dasturlari hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Al-Azhar” maktablaridagi dasturlardan farq qiladi. Misrdagi ta‘lim tizimi juda yuqori saviyada bo‘lib, bu yurtda ayniqsa arab tilini o‘qitish bo‘yicha malakali ustozlarni tayyorlashadi. Misr davlati ustozlari barcha arab davlatlarida ustozlik qilib, arab tili va adabiyotini yuqori saviyada o‘rgatuvchi ustozlar hisoblanadilar.

Manbalar

tahrir

[1]

Havolalar

tahrir
  1. „Misr haqida 100 ta fakt“. kuzminykh (23-fevral 2022-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.