Bosh menuni ochish

Missisipi - AQShning jan. qismidagi shtat. Maydoni 123,5 ming km². Axoliyey 2,8 mln. kishi (2002). Aholining 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Jekson. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik, shtatning gʻarbiy chegarasi boʻylab oʻtgan Missisipi daryosining soʻl irmoklari bilan kesilgan. Iklimi subtropik sernam iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 8°, iyulniki 27°. Shim.da keng bargli, jan.da igna bargli oʻrmonlar, Meksika qoʻltigʻi sohilida botqoq sarvi oʻsadi.

M. — agrar shtat. Asosiy ekini — paxta. Paxta hosili yetishtirishda mamlakatda Texas shtatidan keyin 2-oʻrinda. Soya, makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, shakarqamish ekiladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Parrandachilik bilan shugʻullaniladi.

Neft, tabiiy gaz qazib chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik va kemasozlik. Missisipi daryosida sohilida Galfport porti bor.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil