Mitsuki Saito (1999-yil, 10-yanvarda tugʻilgan) yaponiyalik futbolchi,[2] yarim himoyachi sifatida J1 Ligasining Gamka Osaka klubida ijara shartnomasi asosida futbol oʻynaydi, Shonan Bellmare klubidan ijaraga olingan. U himoyaviy yarim himoyachi sifatida faoliyat boshlagan.

Mitsuki Saito
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mitsuki Saito[1]
Tavallud sanasi 10-yanvar 1999-yil (1999-01-10) (25 yosh)
Tavallud joyi Fujisawa, Kanagawa, Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Boʻyi 1.66 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gamba Osaka ijarada
Shonan Bellmare klubidan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Shonan Bellmare
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016- Shonan Bellmare 112 (4)
2021Rubin Kazan (ijara) 2 (0)
2022-Gamba Osaka (ijara) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2015 Japan U17 1 (0)
2016 Japan U18 3 (0)
2018 Japan U19 3 (0)
2019 Japan U20 4 (0)
2020- Japan U23 2 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 7-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 15-yanvar uchun)

Faoliyati tahrir

Mitsuki Saito 2016-yilda J1 Ligasining klubi Shonan Bellmare yoshlar jamoasidan top-jamoaga koʻtarilgan. U klub safida birinchi golini J.Liga kubogi-2018 guruh bosqichida V-Varen Nagasakiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi.[3]

2020-yil, 14-dekabrda u Rossiya Premer-ligasi klubi Rubin Kazan klubiga 1,5 yillik ijara asosida sotib olish opsiyasi bilan qo‘shildi.[4] 2021-yil, 16-fevralda to‘pig‘i paylaridagi jarohat tufayli operatsiya qilindi, tiklanish 4 oy davom etishi kutilayotgandi, u 2020-21-yilgi mavsumda Rubin klubi safida o‘ynay olmadi.[5] Jarohatidan tuzalgach, u 2021-yil, 12-avgust kuni Polshaning Rakow Czestochowa klubiga qarshi Yevropa konferensiya ligasi saralashida Rubin klubi safida debyut qildi. U qo‘shimcha bo‘limning 106 -daqiqasida Hwang In-beomni oʻrniga maydonga tushdi, ammo Rubin klubi 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketdi.[6] U RPLdagi debyutini 2021-yil, 22-avgust kuni Khimki klubiga qarshi o‘yinda Rubin klubi safida o‘tkazdi va 81-daqiqada Darko Jevticni oʻrniga maydonga tushdi.[7] 2021-yil, 31-avgustda u yana bir bor Rubin RPL jamoasidan chetlatildi.

2022-yilning 7-yanvarida u Gamba Osaka klubiga 2023-yil, 31-yanvargacha ijara asosida qo‘shildi.[8]

Faoliyat statistikasi tahrir

2019-yil, 18-fevral holatiga koʻra.[9][10]

Klub faoliyati Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Yaponiya Liga Imperator kubogi J. Liga kubogi Jami
2015-yil Shonan Bellmare J1 ligasi 0 0 1 0 0 0 1 0
2016-yil 5 0 0 0 5 0 10 0
2017-yil J2 ligasi 30 0 2 0 - 32 0
2018-yil J1 ligasi 18 1 2 0 8 1 28 1
Jami 50 1 6 1 10 2 66 3

Manbalar tahrir

  1. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019: List of Players: Japan“. FIFA (2019-yil 13-iyun). 2020-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. J.League Data Site
  3. J.LEAGUE.
  4. „В «РУБИН» НА ПРАВАХ АРЕНДЫ ПЕРЕШЕЛ МИЦУКИ САЙТО“ (ru). FC Rubin Kazan (2020-yil 14-dekabr).
  5. „МИЦУКИ САЙТО УСПЕШНО ПРООПЕРИРОВАН“ (ru). FC Rubin Kazan (2021-yil 16-fevral).
  6. „Rubin v Raków game report“. UEFA (2021-yil 12-avgust).
  7. „Khimki v Rubin game report“. Russian Premier League (2021-yil 22-avgust).
  8. „齊藤 未月選手 期限付き移籍加入のお知らせ“ (ja). Gamba Osaka (2022-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  9. Nippon Sports Kikaku Publishing inc.
  10. Nippon Sports Kikaku Publishing inc.