Mixail Mixaylovich Bushuyev (1876–1936.18.2) — zootexnik, agronom. Mirzachoʻl tajriba dalasi mudiri (1905–18), Turkiston ASSR Yer ishlari xalq komissari va Turkiston MIK aʼzosi (1918–21), RSFSR Yer ishlari xalqkomissarligi va SSSR Gosplanida rahbarlik lavozimlarida ishladi (1921–36). Bushuyev ilmiy ishlari Mirzachoʻl sharoitida gʻoʻza, kanop, makkajoʻxori, xashaki va qand lavlagi agrotexnikasi, seleksiyasi, bogʻdorchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan. Bushuyev Oʻrta Osiyoda ingichka tolali gʻoʻzani ekish tashabbuskorlaridan. Shuningdek, chorvachilik seleksiyasi bilan ham shugʻullangan, mahsuldorligi yuqori boʻlgan yangi qoramol zotini yaratishni boshlab bergan (qarang Bushuyev qoramol zoti).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil