Mixail Gvozdikov
Mixail Andrianovich Gvozdikov (1880, hozirgi Ukrainaning Poltava viloyati — 1954, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1945). Moskvadagi Stroganov rassomlik maktabida oʻqigan (1896—1901). 1934-yildan Toshkentda; Navoiy teatrida ishlagan. Birinchi oʻzbek operasi "Boʻron" (M. Ashrafiy, S. Vasilenko, 1939) spektakliga ishlagan dekoratsiyalari muvaffaqiyat qozongan. G. yaratgan sahna bezak lari asar mazmuniga mos manzaralar topa olganligi, yaxlit va uygʻun koloriti, tiniqranglari bilan diqqatga sazovor ("Knyaz Igor", "Boris Godunov", "Faust", "Laqma", "Mis chavandoz" va b.). G. oʻzbek teatr rassomlari Sh. Shorahimov, M. Musayevga ustozlik qilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |